Jamiyat

Goʻzal Abdullayeva MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda gʻolib boʻldi

© Ministerstvo kulturы Respubliki UzbekistanGuzal Abdullayeva stala pobeditelnitsey mejdunarodnogo konkursa “Luchshiy molodoy uchenыy-2022” sredi stran SNG.
Guzal Abdullayeva stala pobeditelnitsey mejdunarodnogo konkursa “Luchshiy molodoy uchenыy-2022” sredi stran SNG. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonlik ishtirokchi tanlovda oʻzbek operasi (M.Bafoyevning "Hamsa") tahliliga bagʻishlangan ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi magistranti Goʻzal Abdullayeva MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda yosh olimlar safidan joy oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Qozogʻistonning Nur-Sultan shahrida MDH davlatlari oʻrtasida "Eng yaxshi yosh olim-2022" xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Goʻzal Abdullayeva oʻzbek operasi (M.Bafoyevning "Hamsa") tahliliga bagʻishlangan ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.
Tanlov natijalariga koʻra, u “Sanʼat” yoʻnalishida diplom, guvohnoma va koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Uning maqolasi “Eng yaxshi yosh olim-2022” nomli MDH davlatlarining V xalqaro kitobida chop etildi.
Maʼlumot uchun, Goʻzal Abdullayeva "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0