Kolumnistlar

“Krasuxa-4S” REK komplekslari Ukrainada qanday ishlamoqda?

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishTaktiko-spetsialnыe ucheniya TSVO v Sverdlovskoy oblasti
Taktiko-spetsialnыe ucheniya TSVO v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya radioelektron kurash komplekslari barcha turdagi havo nishonlarini, hatto juda past balandliklarda ham zenit-raketa tizimlarining radarlariga texnologik jihatdan yetib boʻlmas darajada aniqlash va bostirish imkoniga ega.
Radioelektron kurash vositalari havoga qarshi mudofaa tizimlarini oʻrnini bosmaydi, balki ularni jipslashtiradi, zenit komplekslar bilan integratsiyada ishlatiladi. Undan Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasida muvaffaqiyatli foydalanib kelishmoqda.
RF Mudofaa vazirligi 29 iyun kuni Markaziy harbiy okrugning “Krasuxa-4S” REK mobil komplekslari yuqori texnologik ishlarini namoyish etdi. Unda Ukraina havo maydoni skanerlash va UQK ning razvedka uchuvchisiz apparatlarining bort radiolokatsion stantsiyasini bostirish koʻrsatildi.
“Krasuxa-4S” kompleksining hayratga soluvchi taktik-texnik xususiyatlari turli balandlikda va tezlikda, 300 km uzoqlikda boʻlgan - barcha turdagi havo nishonlarini bostirish imkoniyatini beradi. REK dasturiy-apparat vositalari uchuvchisiz apparatlarni boshqarish radiokanallari, dushman samoletlari vertoletlarning bort elektronikasini “toʻsib qoʻyadi”, yaʼni ularga razvedka qilish, zarba berishga imkon qoldirmaydi, ularni balandroq uchish va havoga qarshi mudofaa tizimlarining aniqlash zonasiga kirishga majbur qiladi. Keyin esa zenit komplekslari ishga tushadi.
Oʻtgan sutkada Rossiya havoga qarshi mudofaa tizimlari Xarkov va Xerson viloyatlarida ikkita ukrain hujumchilari Su-25, Nikolayev viloyatida Mi-8 vertoleti, shuningdek, UQKning toʻqqizta uchuvchisiz uchish apparatlarini harbiy tutashuv liniyalari uchastkalarida urib tushirdi. Bunda REK komplesklarining hissasi ham bor, chunki ular havoga qarshi mudofaaning eshelon tizimlarini “mustahkamlab beradi”. REK mutaxassislarining taʼkidlashicha, maxsus operatsiya davomida asosiy nishonlar Ukrainaning Su-25 shturmoviklari boʻlgan. Shturmoviklar juda past balandlikda doimo Rossiya harbiy guruhlarning radiolokatsion boʻshliqlarini topishga harakat qilmoqda. Ammo urinishlar samarasiz.
“Krasuxa-4S” REK komplekslari asosan -harbiy qismlar, qoʻmondonlik punktlari, havoga qarshi mudofaa vositalari, muhim sanoat obʼyektlarini havo razvedkasi va yuqori aniqlikdagi qurollardan himoya qilishdir. REK kompleksi maydonni muntazam tekshirib boradi, nishonlarni aniqlaydi, dushman apparaturasining ish chastotasini aniqlab beradi. Keyin esa chastotalarning yuqori diapozonida hech qanday azimut va balandlikda cheklanmagan holda radioshovqinlar hosil qiladi. Dushman samolyoti, vertolyoti, uchuvchisiz apparatlari, shuningdek, Bayraktar bortida foydalaniladigan radiolokatsion stantsiyalarning barcha turlarini yoʻq qila oladi.

Rossiya REK larining oʻziga xosligi

Turli intensivlikdagi qurolli toʻqnashuvlarda radioelektron kurash tizimlaridan keng foydalanish oʻz koʻshinlarimizni himoya qilish va dushmanning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini buzish orqali hujum jarayonlari uchun sharoit yaratish imkonini beradi. “Krasuxa-4” Suriyada jihodchi-jangarilar va ularning gʻarbdagi murabbiylarining “Xmeymim” aviabazasiga hujum qilishga uringan uchuvchisiz apparatlarini urib tushirgan. Shuningdek, amerikaliklar Arab respublikalariga “Tomagavka” bilan hujum qilishganda, ularni yoʻnalishlaridan qaytarib yuborgan. Ukraina harbiy operatsiyalari teatrida Rossiyaning radioelektron urush vositalari UQKga masofadan turib yordam berayotgan Pentagon va NATOning yuqori texnologiyali razvedka aktivlariga qarama-qarshi mukammallashishda davom etmoqda.
“Krasuxa-4S” - REK kompleksi texnikaning eng ilgʻor modifikatsiyasi hisoblanadi va 2013 yildan buyon seriyali ishlab chiqarilgan va Rossiya qoʻshinlariga yetkazib berilgan. Yangi tizimning asosiy afzalligi axborotni qabul qilish va qayta ishlashning deyarli toʻliq avtomatlashtirilganida, (markazlashtirilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv) 100% lik samaradorlikdadir. Kompleks signal turlarini tahlil qiladi, xavfsiz aloqa tizimiga birlashtiriladi va eng kuchli aqlli shovqin bilan nurlanishi dushman radariga “zarar” beradi - uzatilgan va qabul qilingan maʼlumotlarni buzib koʻrsatadi, nishonlarni aniqlash va yuqori aniqlikdagi zarbalar berishga imkoniyat qoldirmaydi. Avvalroq, “Rostex” xabar berganidek, 600 km lik maydonni toʻsish uchun bitta stantsiya kifoya. AQSH mutaxassislari maʼlumotlariga koʻra, “Krasuxa-4S” elektronik- yoʻldosh-josuslar ishlarini buzish imkoniyatiga ega. Ushbu majmuaning gʻildirak bazasi toʻrt oʻqli “Kamaz” (8X8) boʻlib, ular har qanday joyda bemalol kesib oʻtish va minus 50 dan plyus 50 daraja Tselsiygacha boʻlgan haroratlarda jangovar barqarorlikni taʼminlaydi.
“Krasuxa-4S”dan tashqari Rossiya qoʻshinlari Ukrainadagi maxsus operatsiyada “Moskva” va “Murmansk” nomli yerdagi uzoq masofali radioelektron kurash tizimlaridan, bir qator aviatsion va kema komplekslaridan foydalanishmoqda. Gʻarbda uning muqobillari yoʻq. Avvalroq, amerikaliklar unga raqobatchi kompleks tuzmoqchi ham boʻlishgan, biroq yarata olishmagan. AQSH Rossiya jangovar kuchlari eletromagnit spektrda “chindan ham ushbu qurollarni AQSH va boshqa mamlakatlar qurolli kuchlariga qarshi” ishlatishda oʻz samaradorligini koʻrsatganini tan oladi.
Rossiya turli masofali REK larning ishlab chiqarisha va turli sohada foydalanishda dunyoda yetakchi boʻlib qolmoqda. Bu borada “Alma-Antey” VKO va “Radioelektron texnologiyalar” (KRET) kontsernlari, “Roselektronika” xoldingi va “Mudofaviy tizimlar” kompaniyalar guruhlari muvaffaqiyatli ish olib borishmoqda. RF harbiy-siyosiy rahbariyati radioelektron kurash instrumentlarini samarali va iqtisodiy foydali “axborot-telekommunikatsion maydonda” ustunlikka ega boʻlish vositasi sifatida koʻrishmoqda.
RF Quruqlikdagi qoʻshinlarining toʻrtta harbiy okrugida alohida REK brigadalari tuzilgani bejiz emas. REK rotalari tank tuzilmalari, shuningdek, havo-desant qoʻshinlarida bor. REK harbiy-dengiz kuchlari Rossiyaning barcha toʻrt flotlarida alohida markazlarga jamlangan. Havo-kosmik kuchlarida REK ning alohida batalonlari armiya tarkibiga kiradi. Uchuvchisiz radiolokatsion urush tizimlari - istiqbolli rivojlanish yoʻnalishi.
Yangiliklar lentasi
0