Jamiyat

Posilka, pochta kuryeri kabi tushunchalar yangi qonunga kiritildi

© "Uzbekiston pochtasi" AOPochta Uzbekistana
Pochta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iyun oyida qabul qilngan yangi qonunga muvofiq Oʻzbekiston pochta tizimiga koʻplab yangiliklar kirtilmoqda. Batafsil maqolamizda tanishing.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston pochta tizimida koʻplab yangiliklar kirtilmoqda. Jumladan posilka va pochta kuryeri kabi tushunchalar, posilka yoʻqolgani yoki kechikkani uchun javobgarlik, pochta boʻlimlarida yangi xizmat turlari va boshqalar.
Bularning barchasi 2022 yil 9 iyun kuni qabul qilingan “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi 777-sonli OʻRQda aytib oʻtilgan. Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda jurnalistlarga “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov hikoya qilib berdi.
Yangi qonunda xususan quyidagilar qayd etilgan:
posilka va pochta kuryeri kabi tushunchalar "Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi OʻRQga kiritildi va yuridik maqomga ega boʻlgan atamaga aylandi;
shartnoma asosida - pochta xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan shartnoma asosida koʻrsatiladi;
pochta aloqasining siri - foydalanuvchilarning manziliga oid maʼlumotlar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari hamda ularning tarkibi toʻgʻrisidagi axborot va kuryerlik joʻnatmalari haqidagia maʼlumotlar pochta aloqasining sirini tashkil etadi;
javobgarlik belgilandi - pochta operator va provayderlari oʻz majburiyatlarni bajarmaganlik uchun yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplaydi (shikoyatlar 6 oy ichida taqdim etilishi kerak);
taʼqiqlangan moddalarni joʻnatish va buning oqibatida yetkazilgan zarara uchun foydalanuvchilar va pochta aloqasi operatorlari belgilangan tartibda javobgar boʻladi;
© "Uzbekiston pochtasi" AOPochta Uzbekistana
Pochta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Pochta Uzbekistana

“Gibrid pochta” xizmati
“Gibrid pochta” xizmati elektron koʻrinishda kelib tushgan pochta joʻnatmalarni qogʻoz koʻrinishida chop eti, shu yerning oʻzida maxsus konvertga joylashtirilib, koʻrsatilgan manzillar boʻyicha yetkazib berishni nazarda tutadi.
Oldin ushbu xizmat faqat 14 ta viloyat markazlarida ishlagan boʻlsa, bugungi kunda elektron koʻrinishda kelib tushgan pochta joʻnatmalar 165 ta tuman va shahar pochta aloqasi bogʻlamalarida qogʻoz koʻrinishida chop etilmoqda.
Natijada, gibrid pochta joʻnatmalarini yetkazib berish muddatlari eng chekka hududdagi adresatlarga 1-2 kungacha qisqargan. Avval 3-5 kun edi.
Avtomatlashtirish
Milliy pochta operatori tomonidan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatuvchi 150 ta avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) xarid qilindi, bugungi kunda ushbu pochtamatlarning 101 tasi aholi gavjum joylar va yirik savdo obʼyektlariga oʻrnatildi.
Qishloq va olis hududlarda joylashgan 1 018 ta pochta aloqasi obʼyektlarida 42 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi
Pochta aloqasi obʼyektlarida AT "Aloqabank" bilan birgalikda “AVVAL” toʻlovlar va oʻtkazmalar avtomatlashtirilgan tizimi orqali aholidan 90 turdan ortiq toʻlovlarni qabul qilish yoʻlga qoʻyildi. Bugun ushbu xizmat 1 970 ta pochta aloqasi obʼyektlarida ishlamoqda.
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ 2021 yil yilda 274,4 mlrd.soʻm daromad olgan. Bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 19 %ga koʻp. Pochta aloqasi xodimlarining oʻrtacha ish haqi 1 832 282 soʻmga yetkazildi (oʻsish +40% ).
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda “Oʻzbekiston pochtasi” AJda 14 ta hududiy va 4 ta ixtisoslashgan filiallar, 165 ta pochta aloqasi bogʻlamalari, 1 804 ta (jumladan 1338 ta qishloq joylarda) pochta aloqasi boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga 322 ta pochta boʻlimi ulangan.
Yangiliklar lentasi
0