Iqtisod

Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish yoʻllari belgilab olindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTekstilnoye proizvodstvo v Uzbekistane
Tekstilnoye proizvodstvo v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Besh yil avval Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxta tolasining 40 % qayta ishlangan boʻlsa, bugungi kunda 100 % - qayta ishlanmoqda.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 iyun kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida paxtachilik va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish yoʻllari belgilab olindi.
Ushbu soha ham xomashyo, ham eksport va ham aholi bandligi uchun ulkan salohiyatga ega, faqat uni rivojlantirish uchun “ishning koʻzini bilish” kerak, deb taʼkidladi prezident majlis boshida.
Sohani rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonda klaster tizimi joriy etilgan boʻlib soʻnggi 3 yilda paxta-toʻqimachilik klasterlariga 30 trln. soʻmga yaqin investitsiya kiritilgan. Natijada ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 5 barobarga, eksport - 4 barobarga oʻsib, qariyb 3 milliard dollarga yetdi.

Sohada muvaffaqiyatlar bilan baravar kamchiliklar ham bor

Xususan:
Tola yetishmovchiligi. Respublikada mavjud ishlab chiqarish quvvatlari uchun bu yil 300 ming tonna tola yetishmagan boʻlsa, kelgusi 5 yilda ushbu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oshishi kutilmoqda.
Ip-kalavani qayta ishlash darajasi ham past – 23 foiz. Bu yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda, degani.
Ish oʻrinlari kamligi - bugungi kunda toʻqimachilik tarmogʻida 400 ming kishi mehnat qilmoqda. Agar butun tizim ilm va zamonaviy texnologiyalar asosida toʻgʻri tashkil qilinsa, ish oʻrinlarini 1 millionga yetkazish mumkin.

Paxtachilikni rivojlantirish uchun

Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarayotgani, hashoratlar koʻpayayotgani – gʻoʻzaning yangi navlarini hamda oʻgʻitlashni oʻzgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solishni talab qilmoqda.
Ushbu maqsadda prezident “Prezident huzurida Innovatsion rivojlanish vaziri boshchiligida Paxtachilik kengashi” tashkil etish taklifini bildirdi.

Bu kengash har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida koʻpaytirish va ekishni har bir klaster boʻyicha belgilab beradi, iqlim va harorat oʻzgarishlariga mos boʻlgan oʻgʻitlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qoʻllashni tartibga oladi. Shuningdek, hasharotlarga qarshi kurashish boʻyicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi. Buning uchun mazkur kengash huzurida ilmiy markaz ham tashkil qilinadi, - deyiladi bayonotda.

Shavkat Mirziyoyev suvni tejash masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Soʻnggi ikki yilda yurtimizda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sugʻorish joriy qilingan. Lekin koʻp klasterlar, ayniqsa, fermerlar buni yoʻlga qoʻyishga qiynalmoqda. Chunki xarajati qimmat.
Muammoni hal qilish, tomchilab sugʻorish texnologiyasini narxini tushilish maqsadida elektron portalga barcha taʼminotchilarni kiritib, suv tejovchi texnologiyalar narxi va xizmatlar sifatini baholab boradigan shaffof tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.

Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida

Yigʻilishda tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada tadbirkorlarga keng sharoit yaratib berish uchun alohida industrial zonalar tashkil qilinishi belgilandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ushbu majmualarni boshqarishga chet el kompaniyalarini va ishlab chiqarishga nufuzli brendlarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi.

– Paxtamizga boykot bekor qilinganidan soʻng, xorijiy kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqda. Agar, hududlarimizga brendlar olib kirilmasa, mahalliy mahsulotlarimiz jahon bozorida raqobatbardosh boʻlishi qiyin, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sohani rivojlantirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
boʻyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10 foizgacha miqdorda subsidiya berilishi;
chet elga tayyor mahsulot yetkazib berish uchun, buyurtmaga asosan, alohida aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi;
brendlar uchun zarur boʻlgan furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarish
boʻyicha topshiriqlar berildi;
eksportchi korxonalarga aylanma mablagʻ uchun 5 million dollargacha resurslar tabaqalashtirilgan tartibda ajratiladi;
xorijda omborxonalarni ijaraga olish xarajatlarini qoplab berish uchun cheklangan maydon 100 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga 100 million dollar ajratiladi;
toʻqimachilik korxonalari moliyaviy hisobot boʻyicha xalqaro standartlarga oʻtishi zarur. Chunki “bu dunyo bozoriga chiqish, xorijiy brendlar bilan ishlash va toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar jalb qilishga zamin yaratadi”, – dedi prezident.
Undan tashqari soha uchun kadrlar tayyorlashga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Oʻzbekiston-Koreya toʻqimachilik texnoparki yaxlit tizim asosida ishlab, yangi oʻquv yilidan “dual” taʼlim tizimi joriy qilinishi aytildi.
Yangiliklar lentasi
0