Jamiyat

Toshkentda rus-oʻzbek filmlari bepul namoyish etiladi

© pexels.com/Donald TongJenщina v kino. Kamera
Jenщina v kino. Kamera - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Voqealarning asosiy jihati aktyor va rejissyor Farhod Mahmudovning shaxsiy ishtiroki boʻladi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Toshkentda “Yoshlar va kino” aktsiyasi doirasida rus-oʻzbek filmlarining bepul kino namoyishlari boʻlib oʻtadi.
Filmlar namoyishi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining yozgi kinoteatrida boʻlib oʻtadi.
Oilaviy komediya muxlislari Kinematografiya agentligi va “Sputnik Vostok prodakshn” kinostudiyalari tomonidan suratga olingan “Quyosh lazzati” filmini 30 iyun soat 18.00da tomosha qilishlari mumkin (6+).
Shuningdek, Kinematografiya agentligi va "VEGA" kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Pari sovgʻasi" kinokartinasi 1 iyul kuni 18.00da namoyish etiladi.
Ikkinchi film namoyishining asosiy jihati oʻzbek va rossiyalik aktyor, rejissyor Farhod Mahmudovning ishtirok etishi bilan bogʻliq. Aytish joiz, Mahmudov “Kuxnya", "Bednaya Nastya", "Posledniy boy mayora Pugacheva", "Sindrom jizni", "Ibrat" loyihalardagi ishtiroki bilan mashhur.
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali matbuot xizmati Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, film namoyishlariga kirish bepul.
Yangiliklar lentasi
0