Jamiyat

Uzbekistan GTL zavodida ilk sintetik dizel ishlab chiqarish boshlandi

© “Oʻzbekneftgaz”Uzbekistan GTL zavodida ilk sintetik dizel ham ishlab chiqarildi
Uzbekistan GTL zavodida ilk sintetik dizel ham ishlab chiqarildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Zavodda ishlab chiqarilgan 5 ming tonna sintetik dizelning birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuboriladi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. “Uzbekistan GTL” zavodida Oʻzbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida ilk bor sintetik yoqilgʻi mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi.
Zavodda ishlab chiqarilgan 5 ming tonna miqdoridagi sintetik dizelning birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuboriladi.
“Zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini taʼminlash, shuningdek, ularni toʻliq nazorat qilish va boshqarish Uzbekistan GTL zavodining mahalliy muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, ushbu zavodda yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tn aviakerosin, 724 ming tn dizel yoqilgʻisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik neft ishlab chiqarila boshlangandi.
Yangiliklar lentasi
0