https://oz.sputniknews-uz.com/20220630/vkrattse-qisqa-metrajli-filmlar-festivali-ozbekistonlik-ishtirokchilarni-kutmoqda-25776249.html
“Vkrattse!” qisqa metrajli filmlar festivali oʻzbekistonlik ishtirokchilarni kutmoqda
“Vkrattse!” qisqa metrajli filmlar festivali oʻzbekistonlik ishtirokchilarni kutmoqda
Qisqa metrajli filmlar tanlovi uchta yoʻnalish - asosiy xalqaro, xalqaro bolalar va mintaqaviy rus kinosi orasida oʻtkaziladi. 30.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-30T12:54+0500
2022-06-30T12:54+0500
2022-06-30T12:54+0500
festival
oʻzbekiston
madaniyat
rossiya
film
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/1d/25749659_0:42:800:492_1920x0_80_0_0_b87500014d9840ab67de4a4acf0a07b2.jpg
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. “Vkrattse!" -2022 qisqa metrajli film kunlari” xalqaro kinofestivali Oʻzbekiston filmlarini tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bu haqida tadbir tashkilotchilari Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.Festival direktori Inessa Tropina maʼlum qilishicha, bu toʻqqizinchi festival boʻlib, unda ilgari Oʻzbekiston filmlari tanlovning saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo tanlov dasturiga kiritilmagan.Tanlovga qisqa metrajli filmlar quyidagi toifalarda qabul qilinadi: oʻyin, hujjatli film, animatsiya, eksperimental kino va videoart.Bolalar uchun esa alohida filmlar toifasi mavjud. Filmlarning xronometraji -25 daqiqagacha.Bu qanday boʻladi?Tomoshabinlar dunyoning oʻnlab eng yaxshi qisqa metrajli filmlarini, shuningdek, hamkor festivallarning maxsus badiiy dasturlarini tomosha qilishadi. Turli maydonlarda maʼruzalar, mahorat darslari va qoʻshimcha ijodiy dasturlar oʻtkaziladi.Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar shu yilning 1 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Kinofestival esa dekabr oyida Volgogradda boʻlib oʻtadi. Ariza berish shartlari va shakli bilan kinofestivalning veb-saytida tanishish mumkin. Tadbir "Ochiq shahar" (Volgograd) inson kapitalini rivojlantirish avtonom notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.
oʻzbekiston
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/1d/25749659_45:0:756:533_1920x0_80_0_0_e7c6de24f4d90e2c03c2dac7aab50471.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
festival, oʻzbekiston, rossiya, film
“Vkrattse!” qisqa metrajli filmlar festivali oʻzbekistonlik ishtirokchilarni kutmoqda
Qisqa metrajli filmlar tanlovi uchta yoʻnalish - asosiy xalqaro, xalqaro bolalar va mintaqaviy rus kinosi orasida oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. “Vkrattse!" -2022 qisqa metrajli film kunlari” xalqaro kinofestivali Oʻzbekiston filmlarini tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bu haqida tadbir tashkilotchilari Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.
“Vkrattse!” qisqa metrajli xalqaro kinofestival 2013 yildan buyon Volgograd viloyatida oʻtkazib kelinmoqda. Unda ishtirok etish uchun har yili yuzlab arizalar qabul qilinadi. Tanlov dasturi nufuzli xalqaro hayʼat aʼzolari tomonidan baholanadi.
Festival direktori Inessa Tropina maʼlum qilishicha, bu toʻqqizinchi festival boʻlib, unda ilgari Oʻzbekiston filmlari tanlovning saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo tanlov dasturiga kiritilmagan.
Tanlovga qisqa metrajli filmlar quyidagi toifalarda qabul qilinadi: oʻyin, hujjatli film, animatsiya, eksperimental kino va videoart.
Bolalar uchun esa alohida filmlar toifasi mavjud. Filmlarning xronometraji -25 daqiqagacha.
Bu qanday boʻladi?
Tomoshabinlar dunyoning oʻnlab eng yaxshi qisqa metrajli filmlarini, shuningdek, hamkor festivallarning maxsus badiiy dasturlarini tomosha qilishadi. Turli maydonlarda maʼruzalar, mahorat darslari va qoʻshimcha ijodiy dasturlar oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar shu yilning 1 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Kinofestival esa dekabr oyida Volgogradda boʻlib oʻtadi. Ariza berish shartlari va shakli bilan kinofestivalning veb-saytida tanishish
mumkin. Tadbir "Ochiq shahar" (Volgograd) inson kapitalini rivojlantirish avtonom notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.