Madaniyat

“Kultura” telekanali Toshkent hayvonot bogʻi haqida film suratga oladi

Tashkentskiy zoopark - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Rossiya-Kultura” telekanalining “Dialogi o jivotnыx” nomli ilmiy-ommabop koʻrsatuvida Toshkent hayvonot bogʻi namoyish etiladi.
TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Rossiyaning “Rossiya-Kultura” telekanali Toshkent hayvonot bogʻi haqida film suratga oladi. Ushbu maqsadda mashhur teleboshlovchi Ivan Zatevaxin Toshkent hayvonot bogʻi bilan bogʻlangan. Bu haqida bogʻi maʼmuriyati Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, rossiyalik telejurnalist Ivan Zatevaxin sentyabr oyida Toshkent Hayvonot bogʻi haqida hujjatli filmlar yaratishni rejalashtirgan.
Film 14-16 qismlik boʻlishi kutilmoqda va “Rossiya-Kultura” telekanalining “Dialogi o jivotnыx” nomli ilmiy-ommabop koʻrsatuvda namoyish etiladi.
Hayvonlar haqidagi dialoglar yovvoyi tabiat olami haqidagi mualliflik dasturi boʻlib, u har hafta "Rossiya-1" kanalida chiqariladi. Uning doimiy rahbari - biologiya fanlari nomzodi Ivan Zatevaxin.
Yangiliklar lentasi
0