Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 iyuldan nimalar oʻzgaradi?

© Sputnik / Ruslan KrivobokTonirovka avtomobilya
Tonirovka avtomobilya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avtomobil oynalarini qoraytirish, shifokorlarga yordam va 1 iyuldan kuchga kiradigan boshqa oʻzgarishlar.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Bugun, 1 iyuldan boshlab oʻzbekistonliklar hayotida kutilayotgan ayrim oʻzgarishlarni eʼtiboringizga havola etamiz.

Avtomobilning oynalarini qoraytirish arzon boʻladi

2022 yil 1 iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi. Old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi. Ishlab chiqarilganiga 10 yildan koʻp boʻlmagan yengil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi. Shuningdek, 10 yildan 15 yilgacha boʻlgan yengil mashinalar – 2 yilda, 15 yildan ortiq boʻlganlari esa 1 yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Shifokorlarga uy xarajatlarining 50 % qoplab beriladi

2022 yil 1 iyuldan boshlab olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari hamda oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln soʻmdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi. Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

“Xavfsiz yoʻl” indeksi yuritiladi

Respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yoʻl” indeksi yuritiladi. Bunda:
indeks doirasida yoʻl infratuzilmasi va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishining holati 29 ta indikator boʻyicha har chorak yakunida baholab boriladi;
tuman (shahar)lar indeks koʻrsatkichlari asosida yoʻllarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati boʻyicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Bugundan boshlab, har yili respublika aholisini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaktsiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.
Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infektsiyasiga qarshi emlanadi. Har yili keng tarqalgan virusli infektsiyalar muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablagʻlar ajratiladi.

Kasanachilik tashkil etgan tadbirkorlarga bir martalik subsidiya beriladi

2025 yil 1 yanvargacha: kasanachilarga daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda koʻpi bilan 1 million soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi. Kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi. Olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Davlat muzeylari soat 22:00 gacha xizmat koʻrsatishi mumkin

Prezident qaroriga asosan davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga koʻra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin boʻladi.
Pulli xizmatlar koʻrsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi va ular moddiy ragʻbatlantiriladi, qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi.

“Tibbiyot brigadalari”ga 3 600 ta shtat beriladi

Bolalar hamda homilador va tugʻish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olish uchun “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qoʻshimcha 3 600 ta, 2023 yil 1 yanvardan yana qoʻshimcha 4 900 ta oʻrta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi.

Parranda eksporti uchun subsidiya oshiriladi

“Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo parrandachilik xoʻjaliklariga 2024 yil 1 yanvargacha davrda parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming soʻm etib belgilandi.

Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida koʻrsatiladi

Prezident qaroriga koʻra, 2022 yil 1 iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Qaror bilan Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi tashkil qilindi.

Boʻsh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi

2022 yil 1 iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obʼyektlariga va ushbu obʼyektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlari va preferentsiyalarning amal qilishini toʻxtatish tartibi bekor qilindi.

Spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning yagona milliy registri yuritiladi

2022 yil 1 iyuldan spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.

“Oilaviy shifokor” yoʻnalishi boʻyicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi

2022 yil 1 iyulgacha 2022 yilda iqtidorli oʻqituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi. shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokida oʻqituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta koʻrib chiqiladi. 2022 yil 1 iyuldan “oilaviy shifokor” yoʻnalishi boʻyicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0