O‘zbekistonlik olimlar smorodinaning yangi "oltinsimon" navini yaratishdi - video

© Qishloq xo‘jalik vazirligiUzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini
Uzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna bo‘lish
Oltinsimon qorag‘atni O‘zbekistonning barcha hududlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘stirish mumkin.
TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. O‘zbekiston hududida oltinsimon qorag‘atning yangi navlari yaratildi.
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan oltinsimon qorag‘atning yangi yaratilgan “Siyuma”, “Ruxshona”, “Muhabbat”, “Uzbekskaya sladkaya”, “Gulnoz”, “Iroda”, “Yodgor”, “Nargiz”, shuningdek, introduksiya qilingan “Lovushka”, “Vika”, “Asya”, “Valentina”, “Podarok”, “Ariadna” hamda “3759/6” gibridi degustatsiyadan o‘tkazildi.
© Qishloq xo‘jalik vazirligiUzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini
Uzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Uzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini
Qayd etilishicha, qorag‘atning yangi yaratilgan navlari orasidan qizil qorag‘at “Vika” va “Asya” navlari tavsiya qilinmoqda. Bu navlarning uzunligi yarim metrgacha boradi. Ularning barglari +30 darajadan yuqori havoda kuyadi. Shuning uchun, ularni soya salqin joylarga va tog‘li zonalarga ekish tavsiya qilindi.
“Yangi navlar yuqori hosildorligi, transportabelligi, abiotik omillarga chidamliligi, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan makro va mikroyelementlarga boyligi bilan ajralib turadi”, deyiladi xabarda.
Bugungi kunda oltinsimon qorag‘atning “Uzbekskaya sladkaya”, “Oydin” va “Yodgor” nomli uchta navi hujjatlari Davlat nav sinov markaziga, shuningdek, Intellektual mulk agentligiga taqdim etildi.
Ayni kunlarda institut ilmiy xodimlarining talabalari Buxoro, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir qancha navlarni yetishtirish ustida ishlamoqda.
“Smorodina bog‘ida 26 turdagi navlar bor. Hozirda iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilik va issiqqa chidamli navlar ustida tajriba olib borilmoqda.
Har bir nav o‘zining hususiyatiga qarab, bir mavsumni o‘zida eng kamida 2-3 dan 6-7 kilogrammgacha bir tupdan hosil olinadi”, deydi institutning kichik ilmiy xodimi Jahongir G‘ofurov.
Ma’lumot uchun, oltinsimon qorag‘atni O‘zbekistonning barcha hududlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘stirish mumkin.
U inson tanasi uchun juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega bo‘lib, toksinlar va shlaklardan tozalaydi. Qolaversa, og‘ir metallarning tuzlarini chiqaradi, yengil peshob haydovchi ta’sirga ega, qon ivish xususiyatini pasaytiradi, bu esa yurak xurujidan himoya qiladi.
Qorag‘at mevalari qayta ishlangan holda ham o‘z qiymatini saqlab qoladi.
© Qishloq xo‘jalik vazirligiUzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini
Uzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Uzbekskiy uchenie rabotayut nad sozdaniyem novix sortov smorodini
Yangiliklar lentasi
0