https://oz.sputniknews-uz.com/20220701/rossiya-eoiidan-boshqa-davlatlarga-guruch-eksportini-taqiqladi-25811009.html
Rossiya YEOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi
Rossiya YEOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi
Ushbu chora 1 iyuldan 31 dekabrgacha amal qiladi. Ushbu taqiqi YEOII davlatlari hamda DXR, LXR, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga taaluqli emas. 01.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-01T12:07+0500
2022-07-01T12:07+0500
2022-07-01T12:07+0500
iqtisod
rossiya
guruch
aminokislotalar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/833/84/8338471_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f21a0c3b2e77f9ff1be01de1d8abc5c1.jpg
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Rossiya hukumati mamlakatdan guruch, guruch yormalari va ozuqa aminokislotalarini eksport qilishni vaqtincha chekladi. Bu haqida Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.Ushbu chora 1 iyuldan 31 dekabrgacha amal qiladi.Qayd etilishicha, mazkur qaror mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ushbu mahsulotlarning ichki narxlarini barqaror saqlash, shuningdek, chorvachilik va qayta ishlash tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.Xususan, L-lizin sulfat, L-lizin monohidroxlorid va DL-metionin – hayvonlarning toʻliq oziqlanishi uchun zarur boʻlgan muhim ozuqa aminokislotalariga vaqtinchalik eksport cheklovlari joriy etildi.Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq ushbu mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII), Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga, shuningdek, xalqaro gumanitar yordam koʻrsatish maqsadida eksport qilishga taalluqli emas.Oʻz navbatida, guruch va guruch yormalarini eksport qilish boʻyicha cheklovlar YEOII mamlakatlariga va xalqaro hukumatlararo kelishuvlar doirasida eksport qilish uchun qoʻllanilmaydi.Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Oksana Lutning soʻzlariga koʻra, qabul qilingan qarorlar ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan toʻliq taʼminlash imkonini beradi: aminokislotalar eksportini taqiqlash chorvachilikda ijobiy dinamikani saqlab qolishga, sholiga cheklovlar esa don mahsulotlari yetishmasligi xavfini bartaraf etishga va tayyor mahsulotlarning barqaror narxlarini taʼminlashga yordam beradi.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/833/84/8338471_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c908ca85a7eddcc03fe0fce642455e4d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, guruch, aminokislotalar
Rossiya YEOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi
Ushbu chora 1 iyuldan 31 dekabrgacha amal qiladi. Ushbu taqiqi YEOII davlatlari hamda DXR, LXR, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga taaluqli emas.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Rossiya hukumati mamlakatdan guruch, guruch yormalari va ozuqa aminokislotalarini eksport qilishni vaqtincha chekladi. Bu haqida Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi, deya xabar berdi
“RIA Novosti”. Ushbu chora 1 iyuldan 31 dekabrgacha amal qiladi.
“2022 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha Rossiyada ozuqa aminokislotalari, guruch va guruch yormalarini eksport qilish boʻyicha cheklovlar joriy etildi. Hukumat Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayyorlangan tegishli qarorlarni imzoladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ushbu mahsulotlarning ichki narxlarini barqaror saqlash, shuningdek, chorvachilik va qayta ishlash tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Xususan, L-lizin sulfat, L-lizin monohidroxlorid va DL-metionin – hayvonlarning toʻliq oziqlanishi uchun zarur boʻlgan muhim ozuqa aminokislotalariga vaqtinchalik eksport cheklovlari joriy etildi.
“Bu qaror ichki bozorda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan defitsitning oldini oladi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq ushbu mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII), Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga, shuningdek, xalqaro gumanitar yordam koʻrsatish maqsadida eksport qilishga taalluqli emas.
Oʻz navbatida, guruch va guruch yormalarini eksport qilish boʻyicha cheklovlar YEOII mamlakatlariga va xalqaro hukumatlararo kelishuvlar doirasida eksport qilish uchun qoʻllanilmaydi.
Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Oksana Lutning soʻzlariga koʻra, qabul qilingan qarorlar ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan toʻliq taʼminlash imkonini beradi: aminokislotalar eksportini taqiqlash chorvachilikda ijobiy dinamikani saqlab qolishga, sholiga cheklovlar esa don mahsulotlari yetishmasligi xavfini bartaraf etishga va tayyor mahsulotlarning barqaror narxlarini taʼminlashga yordam beradi.