Toshkent aeroportida kuzatuvchilarning terminalga kirishi vaqtincha cheklandi

© “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati Toshkent xalqaro aeroporti terminali
Toshkent xalqaro aeroporti terminali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik cheklovlar ziyoratchilarning hajga jo‘nab ketishi va hajdan qaytib kelishi munosabati bilan joriy etilgan.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti terminaliga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vaqtinchalik cheklovlar aeroportda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan joriy etilgan.
“Ziyoratchilarning hajga jo‘nab ketishi va hajdan qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan terminalga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi”, deyiladi xabarda.
Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinch holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar joriy yilning 31-iyuliga qadar amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0