Toshkentda itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

© AFP 2023 / Karim SahibSobaka yest tort vo vremya prazdnovaniya dnya rojdeniya v Happy Bark Day kafe v Dubae
Sobaka yest tort vo vremya prazdnovaniya dnya rojdeniya  v Happy Bark Day kafe v Dubae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada “Mehr” uysiz itlarni reabilitatsiya qilish markazi itlari ham ko‘rsatilib, xohlovchilar ularni o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin.
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. 2 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi xiyobonda (sobiq Telman nomidagi xiyobon) MEHR DOG FEST festivali bo‘lib o‘tadi. Festival Xalqaro itlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilmoqda.
Tadbir tashkilotchilarining xabar berishicha, bu kuni xiyobonda “Mehr” uysiz itlarni reabilitatsiya qilish markazi itlari ham ko‘rsatilib, xohlovchilar ularni o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin. Shuningdek, kun davomida bo‘lib o‘tadigan festival doirasida:
Uysiz itlar ko‘rgazmasi (itlarning barchasi emlangan va sterillangan)
Didjey, xonandalar chiqishlari, raqs fleshmoblari
Bolalar uchun mahorat darslari
Hayvonlarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish uchun mehribonlik darslari
Festivalda xayriya yarmarkasi ham bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul.
Avvalroq, “Hayot” uysiz hayvonlarni himoya qilish jamiyati, “Mushukkent” loyihasi hamda Toshkent hayvonot bog‘i tomonidan voloterlar qutqargan it va mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi. Ko‘rgazmaning birinchi kunida 10 ta it va ikki mushuk o‘z egalarini topishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0