Jamiyat

Xalq artistlari professorga tenglashtiriladi – prezident qarori

© Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatiPrezident
Prezident - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” unvonlari professor ilmiy unvoni darajasiga tenglashtiriladi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisi” unvoni professor ilmiy unvoni darajasiga tenglashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, professor va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra, tenglashtiriladigan shaxslar ega boʻlishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari roʻyxati eʼlon qilindi.
Unga koʻra, professor ilmiy unvoni darajasiga tenglashtirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari:
• “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”;
• “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisi”;
• “Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”;
• “Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri”.
Dotsent ilmiy unvoni darajasiga tenglashtirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari:
• “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”;
• “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi";
• “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist”;
• “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”.
Yangiliklar lentasi
0