Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi bayonoti

© Blagotvoritelniy fond "Maxallya" Jokargi Kenes Respubliki Karakalpakstan

Jokargi Kenes Respubliki Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2022
Obuna bo‘lish
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ommaviy tartibsizlik uyushtirishga yo‘l qo‘yilmadi - deyilgan bayonotda.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi va Ichiki Ishlar vazirligi Nukusda bo‘lb o‘tgan voqealar yuzasidan bayonot e’lon qildi.
Unda quyidagidlar aytib o‘tilgan:
"O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ochiqlik va xohish-irodani erkin ifoda qilish siyosatiga qaramay, 2022-yil 1-iyul kuni Nukus shahrida bir guruh jinoyatchi shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g‘ayriqonuniy harakatlarni tashkil etdi.
Populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy binolari oldidagi maydonga yig‘dilar.
Ig‘vogarlar yig‘ilgan fuqarolarga tayangan holda ushbu davlat muassasalarini egallab olishga va shu orqali jamiyatda ixtilof keltirib chiqarish, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarishga urindilar.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qat’iy choralar bilan tashabbuskorlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari to‘xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo‘yildi.
Shuni ishonch bilan aytamizki, davlatimiz vaziyatni yanada beqarorlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur salohiyatga ega. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilarining bir guruhi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlarga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslar qo‘lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha ig‘vogarlarning shaxsi aniqlanadi va ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi ta’minlanadi.
Respublikadan tashqaridagi nosog‘lom kuchlarning Qoraqalpog‘istondagi vaziyat rivojiga, shu jumladan aniq yo‘naltirilgan axborot xurujlari va ro‘y berayotgan voqealarni qasddan buzib ko‘rsatish orqali ta’sir qilishga urinishlari qayd etilmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyatda jamoat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda, fuqarolarni g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan ogohlantirib, yuzaga kelgan masalalarni qonun doirasida hal qilishda birgalikda sa’y-harakat qilishga chaqiramiz."
Konstitutsiya islohoti

O‘zbekistonda 2023-yilda konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda 2022-yilda Meningkonstitutsiyam.uz va boshqa platformalar yordamida aholidan 220 mingdan ortiq Bosh qonunni takomillashtirishga qaratilgan fikr va mulohazalar jamlangan edi.

Keyinchalik ular xalqaro va mahalliy ekspertlar yordamida umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Yangi Qonun loyihasi bir necha oy davomida muhokama qilinganidan so‘ng joriy yilning mart oyida Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va umumxalq referendumini o‘tkazish 2023-yil 30-aprel kuniga belgilandi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0