https://oz.sputniknews-uz.com/20220703/ekspert-kechasi-uyali-telefonni-qaerga-qoyish-kerakligini-aytdi-20527204.html
Ekspert kechasi uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi
Ekspert kechasi uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi
Ekspert kechasi uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi
2022-07-03T22:02+0500
2022-07-03T22:02+0500
2022-07-03T22:02+0500
shifokorlar tavsiyasi
bu qiziq
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1037/72/10377280_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_e913d8246323d5a1c487a39607a0a99e.jpg
Koʻpchilik insonlar kechasi uxlashdan oldin uyali telefonni iloji boricha oʻziga yaqinroq joyga qoʻyishga harakat qiladi. Bu qaysi hollarda xavfli boʻlishi mumkin? "Jonli makon ekologiyasi" laboratoriyasi direktori Anton Yastrebtsev Sputnik radioga oʻz fikrlarini aytdi.Mobil qurilmalar endi paydo boʻlganida, baʼzi shifokorlar ular nurlanishi saraton kasalligiga olib kelishi mumkin, deb xavfsirashgan. Bu xavotirlar tasdiqlanmadi.Gadjetlarning zamonaviy modellari bunday taʼsirni keltirib chiqarmasligi kerak, deb taxmin qilinadi: ular odamlar uchun xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatsiyadan oʻtadi. Biroq, Yastrebtsev fikriga koʻra, mobil telefonlarning inson ichki organlari va toʻqimalariga taʼsiri darajasi hali toʻliq oʻrganilmagan.Ekspertning taʼkidlashicha, odatda sertifikatlash jarayonida qurilmaning tanaga taʼsiri yarim metr masofada baholanadi. U telefonni shunday yoki boshdan uzoqroq masofada saqlashni maslahat berdi."Umumiy qoida - gadjetni quchoqlab uxlamaslik: uni yostiq ostiga ham, karavotga ham qoʻymaslik kerak. Uni boshga bir metr masofadan yaqin tutmagan maʼqul, kamida yarim metr", dedi ekspert.Qishloq joylarida uyali telefon va uxlab yotgan odam orasidagi masofa kattaroq boʻlishi kerak, chunki qurilmaning nurlanishi baza stantsiyadan uzoqda boʻladi."Agar uyali aloqa markaziy stantsiyasi uzoq boʻlsa va aloqa zaif boʻlsa, masalan, qishloqda u holda telefon stantsiya bilan aloqa qilish uchun koʻp energiya sarflaydi va nurlanish yuqori boʻladi. Buni inobatga olish kerak. Bunday holatlarda uni boshdan uzoqroq joyga qoʻyish kerak", - deydi mutaxassis.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210907/ozbekistondagi-mobil-aloqa-abonentlari-soni-27-milliondan-oshdi-20397350.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210810/avtomobil-boshqarayotganda-telefondan-foydalanishga-ruxsat-berish-taklif-qilinmoqda-20018270.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1037/72/10377280_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_97f67e2482118a01db7fedbeb682458e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Ekspert kechasi uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi
"Jonli makon ekologiyasi" laboratoriyasi direktori uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi.
Koʻpchilik insonlar kechasi uxlashdan oldin uyali telefonni iloji boricha oʻziga yaqinroq joyga qoʻyishga harakat qiladi. Bu qaysi hollarda xavfli boʻlishi mumkin? "Jonli makon ekologiyasi" laboratoriyasi direktori Anton Yastrebtsev Sputnik radioga oʻz fikrlarini aytdi.
Mobil qurilmalar endi paydo boʻlganida, baʼzi shifokorlar ular nurlanishi saraton kasalligiga olib kelishi mumkin, deb xavfsirashgan. Bu xavotirlar tasdiqlanmadi.
Gadjetlarning zamonaviy modellari bunday taʼsirni keltirib chiqarmasligi kerak, deb taxmin qilinadi: ular odamlar uchun xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatsiyadan oʻtadi. Biroq, Yastrebtsev fikriga koʻra, mobil telefonlarning inson ichki organlari va toʻqimalariga taʼsiri darajasi hali toʻliq oʻrganilmagan.
Ekspertning taʼkidlashicha, odatda sertifikatlash jarayonida qurilmaning tanaga taʼsiri yarim metr masofada baholanadi. U telefonni shunday yoki boshdan uzoqroq masofada saqlashni maslahat berdi.
"Umumiy qoida - gadjetni quchoqlab uxlamaslik: uni yostiq ostiga ham, karavotga ham qoʻymaslik kerak. Uni boshga bir metr masofadan yaqin tutmagan maʼqul, kamida yarim metr", dedi ekspert.
Qishloq joylarida uyali telefon va uxlab yotgan odam orasidagi masofa kattaroq boʻlishi kerak, chunki qurilmaning nurlanishi baza stantsiyadan uzoqda boʻladi.
"Agar uyali aloqa markaziy stantsiyasi uzoq boʻlsa va aloqa zaif boʻlsa, masalan, qishloqda u holda telefon stantsiya bilan aloqa qilish uchun koʻp energiya sarflaydi va nurlanish yuqori boʻladi. Buni inobatga olish kerak. Bunday holatlarda uni boshdan uzoqroq joyga qoʻyish kerak", - deydi mutaxassis.