Kechasi Belgorodda ketma-ket portlashlar yuz berdi - video

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishPosledstviya obstrela v Doneske
Posledstviya obstrela v Doneske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2022
Obuna bo‘lish
Belgorodda portlashlar sodir bo‘ldi: qurbonlar bor, 50 taga yaqin uy shikastlandi.
Belgorod shahrining Mayakovskiy, Popov, Pavlov ko‘chalari bo‘ylab kamida 39 ta xususiy turar-joy binosi qisman vayron bo‘ldi, ulardan beshtasi butunlay vayron bo‘ldi, 11ta ko‘p qavatli uy shikastlandi, dedi Belgorod viloyati gubernatori Vacheslav Gladkov.
Oldinroq gubernator Belgorodda, Mayakovskiy ko‘chasi, 23-uyda joylashgan xususiy uy yonib ketgan, 3 kishi jabrlangani haqida aytgan edi.
Keyinroq uning aytishicha, uch kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi, jumladan, bir bola yaralandi.
Viloyat rahbari, shuningdek, hodisa sabablari o‘rganilayotgani, taxminiy havo hujumidan mudofaa tizimi ishlagani haqida ma’lum qildi.
RIA Novosti muxbiri xabar berishicha, qo‘shni Popov va Mayakovskiy ko‘chalarida kvartira va xususiy uylarning oynalari shikastlangan, ba’zi avtomobillar shikastlangan.
Yangiliklar lentasi
0