Siyosat

Qozogʻiston TIV Qoraqalpogʻistondagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpogʻistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha qarorlarini olqishlaymiz - Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi.
TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalapogʻistondagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi.
Oʻzbekiston — Qozogʻistonning qardosh qoʻshnisi, ishonchli ittifoqchisi va strategik sherigi.
Shuning uchun Qozogʻistonda doʻst qoʻshni mamlakatdagi voqealarni xavotir bilan qarshi olishdi.
“Oʻzbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha qarorlarini olqishlaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.
Ishonchimiz komilki, birodar Oʻzbekistonda muhim siyosiy tadbir — Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish boʻyicha referendum arafasida tinchlik va barqarorlik qaror topadi”, - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0