Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda favqulodda vaziyat kiritdi

© Nova24Shavkat Mirziyoyev v Karakalpakstane
Shavkat Mirziyoyev v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2-avgustga qadar favqulodda holat kiritildi.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2-avgustga qadar favqulodda vaziyat joriy etildi.
"Prezident farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2022-yil 2-avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi", - deyilgan rasmiy xabarda.
Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish va chiqish joylarida favqulodda holat rejimini saqlashga O‘zbekiston Mudofaa vazirligining kuch va vositalari jalb etiladi. Bunda MV quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va chiqishning alohida rejimini saqlash;
aholining hayotiy faoliyatini va transportning ishlashini ta’minlovchi obyektlarni, inson hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek atrof-muhit uchun ortib borayotgan xavf tug‘diradigan obyektlarni muhofaza qilish;
noqonuniy qurolli guruhlar faoliyatini bostirishda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyul kuni Nukus shahrida O‘zbekistong Konstitutsiyasiga qirtilayotgan o‘zgarishlarga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan edi. Bugun 2-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib aholini xavotirga solgan 70, 71, 72, 74, 75 moddalari o‘zgarishsiz qoldirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
Konstitutsiya islohoti

O‘zbekistonda 2023-yilda konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda 2022-yilda Meningkonstitutsiyam.uz va boshqa platformalar yordamida aholidan 220 mingdan ortiq Bosh qonunni takomillashtirishga qaratilgan fikr va mulohazalar jamlangan edi.

Keyinchalik ular xalqaro va mahalliy ekspertlar yordamida umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Yangi Qonun loyihasi bir necha oy davomida muhokama qilinganidan so‘ng joriy yilning mart oyida Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va umumxalq referendumini o‘tkazish 2023-yil 30-aprel kuniga belgilandi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0