Tinchlik — bebaho ne’mat: Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisining videomurojaati

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaNovaya mechet otkrilas v Karakalpakstane
Novaya mechet otkrilas v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2022
Obuna bo‘lish
Shamsuddin Bahauddinov videomurojaat bilan chiqib, aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin Bahauddinov videomurojaat bilan chiqib, aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi.
“Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollolohu alayhi vasallam o‘z muborak hadislarida: “Ikki ne’mat bor. Bu ikki ne’matning qadriga ko‘pchilik yetmaydi. Birinchisi – tan salomatligi bo‘lsa, ikkinchisi – tinchlik ne’matidir”, dedilar.
Azizlar, 1-2 kundan beri elimizda bo‘lib turgan voqealardan hammamizning xabarimiz bor. Shu maqsadda bugun hurmatli prezidentimiz Nukusga kelib, xalqimizning tilak-istaklarini eshitdi hamda bugungi kunda norozilik uyg‘otayotgan ba’zi bir masalalarga oydinlik kiritdi”, – dedi qozi.
Shamsuddin Bahauddinov davlat rahbari O‘zbekiston Konstitutsiyasining 17-bobida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tegishli moddalar o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qilgani, bu esa xalqning fikri inobatga olinganini bildirishini ta’kidladi.
“Azizlar, tinchlik – bu juda ulkan, bebaho ne’mat. Uning qadriga yetish har birimizning vazifamiz. Tinchlikni saqlash, uning qadriga yetish payg‘ambar alayhissalom muborak hadislarida aytganlariday, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning, mo‘min-muslimalarning minnatli vazifalaridan”, dedi u.
Yangiliklar lentasi
0