Kolumnistlar

Donbass yana Rossiyaning yuragiga aylanadi

© Sputnik / Sergey AverinBanner s nadpisyu "Mы – russkiy Donbass!" na zdanii v Donetske.
Banner s nadpisyu Mы – russkiy Donbass! na zdanii v Donetske. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarb davlat rahbarlari oʻz xohishi bilan Rossiya neftiga narxning maksimal darajasini belgilashga harakat qilayotgan bir paytda, xorijiy ekspertlar va birjalar tabiiy gaz narxi va Yevropaning isitish mavsumidan oʻtish istiqbollari boʻyicha prognozlar qilmoqda.
Gʻarb davlatrahbarlari oʻz xohishi bilan Rossiya neftiga narxning maksimal darajasini belgilashga harakat qilayotgan bir paytda, xorijiy ekspertlar va birjalar tabiiy gaz narxi va Yevropaning isitish mavsumidan oʻtish istiqbollari boʻyicha prognozlar qilmoqda. Rossiyaning oʻzida va uning yaqin atroflarida yanada qiziqarli voqealar sodir boʻlmoqda.
Kuni kecha mamlakatning energetika mutaxassislari Belgorod viloyati hukumati bilan birgalikda Xarkov viloyatining ozod qilingan hududlariga karvon - ixtisoslashtirilgan yuklarning katta partiyasi: yaʼni 167 tonna, shu jumladan ustunlar, elektr uzatish simlari, izolyatorlar, qisqichlar, yuqori voltli kiritkichlar, turli quvvat uskunalari, shuningdek, avtomobil qismlari va 25 tonna transformator moyi joʻnatishdi. Energetiklar sir tutishayotgani yoʻq - yukning asosiy qismi, xususan, transformator moyi Izyum va Balakleyaga boradi. U yerda mahalliy podstantsiyalarni taʼmirlash va qayta ishga tushirish uchun ishlatiladi.
Harbiy harakatlar paytida yuzlab va minglab kommunal xizmatlari xodimlarining rossiyalik hamkasblari yordamida jangovar harakatlar paytida zarar koʻrgan kanalizatsiya va tozalash inshootlarini tiklash, shahar va qishloqlarni elektr va suv bilan taʼminlash uchun olib borayotgan saʼy-harakatlari mutlaqo eʼtibordan chetda qolmoqda. Masalan, iyun oyi boshida Belgorod va Xarkov viloyatlari oʻrtasidagi yuqori voltli liniya tiklandi. Rossiya hududidan energiya koʻprigi orqali oʻzaro oqimlar Xarkov viloyatining deyarli yarim million aholisini doimiy ravishda qayta quvvatlantirish va elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini berdi.
Tinch osmon ostida yashovchi va kommunal sharoitlarni shundoq ham boʻlishi kerak boʻlgan oddiy hol debbiladigan odamlar turli darajadagi rezonansli voqealar, xoh u tabiiy yoki texnogen ofatlar boʻlsin, xoh jang maydonlaridan olingan xabarlar yoki shov-shuvli korruptsiya janjallari- barchasini oddiy xabarlardek oʻqishadi. Bularni bilgan OAVlar esa oʻz oʻquvchilari va tinglovchilarining xohish- istaklarini qondiruvchi xabarlarni tarqatishga harakat qiladilar. Biroq, shunday ish aslida hozirgi zamonaviy hayotda sharoit yaratayotgan va ularsiz turmushni tasavvur etib boʻlmaydigan insonlarning mehnatlarini sahna ortiga, yaʼni eʼtiborsiz qoldiradi.
Harbiy harakatlar davom etmoqda. Ulardan keyin esa orqada qishloqlar, shaharchalar va shaharlar vayrona holda, yuzlab qulagan simyogʻochlar, elektr oʻtkazguvchi simlar, yonib ketgan inshootlar qoladi. Va haftalab, kerak boʻlsa oylab yertoʻlalarda sham yorugʻida jon saqlaganlar uchun, qoʻliga tushgani bilan ovqatlanganlar uchun, yoki yaqin daryodan suv olib kelgunga qadar biror daydi oʻq yoki bomba zarbini kutib qoʻrquvda yashaganlar uchun lip etib yongan lampa yoki joʻmrakda shuvillagan suv dunyo boyliklaridan ming marotaba kerakroq va qadrliroqdir.
Quvonarlisi, Rossiya rahbariyati bunday murakkab vaziyatni tushunadi va maxsus operatsiya uchun qancha kuch, mablagʻ va resurs ajratsa, ozod boʻlgan hududlarni tiklash va obod etish masalasida ham xuddi shuncha mablagʻ va kuch ajratadi.
Ikki kun avval Mariupolda barpo etiladigan uylar variantlarini koʻrsatishdi. Rasman eʼlon qilingan rejalarga koʻra, kuzga kelib 12 ta yangi besh qavatli turar-joy binolari quriladi. Bunda minglab oilalar oʻz uylariga ega boʻlishadi.
Lugansk quruvchilari ham eʼtiborsiz qoldirishmaydi. Noyabrgacha u yerda 200 oʻrinli koʻp funktsiyali tibbiyot punkti ochiladi. Pandemiya davrida harbiy quruvchilar Moskva yaqinidagi Podolskdan Uzoq Sharqgacha choʻzilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish vazifasini qanchalik tez va muvaffaqiyatli bajarganliklarini hisobga olsak, Lugansk loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga hech kim shubha qilmaydi.
Boshqa armiyaga nisbatan biroz gʻalati tuyulishi mumkin, biroq, orqa va tinch qurilishdagi rus harbiylari jang maydonidagidan kam emas. Muhandislik boʻlinmalari Qrimda qidiruv, burgʻulash va toza suv bilan taʼminlash boʻyicha barcha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdi. Amalga oshirilgan ishlar koʻlamini baholash uchun shuni taʼkidlaymizki, logistika boʻlinmalarining harakatlari tufayli Shimoliy Qrim kanalidan suv taʼminoti tiklanmaguncha Simferopolga yetarli miqdorda ichimlik suvi yetkazib berilgan. Moskva bir yil oldin Azov dengizi tubida ichimlik suvi zaxiralarini qidirish uchun 50 milliard rubl ajratgan. Bularning barchasi va boshqa koʻplab chora-tadbirlar majmuasi Qrim dehqonlarini suv bilan taʼminlashga imkon berdi va bu ichki sektor bilan taqqoslanmaydigan hajmda.
Oddiy quruvchilar oʻzlarining harbiy hamkasblaridan ham qolishmayapti. Marat Xusnullinning soʻzlari koʻra, Donbassda olti minglab mutaxassislar ish olib borishmoqda. Ular minglab maxsus texnika bilan taʼminlangan. Bundan tashqari, bu raqamlar yana oshadi, chunki bosh vozir bu yili Donetsk va Lugansk viloyatlari hududlarida Ukraina armiyasi tomonidan fayron qilingan 500 kilometrlik avtomobil yoʻllari va 15 ta koʻprik taʼmirdan chiqarilishini vaʼda qilmoqda. Urushgacha boʻlgan davrda Donbassda boʻlganlar u yerda yoʻl infratuzilmasi, ayniqsa Lugansk viloyatida naqadar murakkab boʻlganini yaxshi bilishadi. Kiyev bu yerlarga 30 yil befarq boʻlib kelgan.
Kiyev haqida shunchaki gapirib oʻtmadik.
Viktor Yuщenko Ukraina konstitutsiyasi meʼyorlarini buzgan holda prezident boʻlgan birinchi Maydandan soʻng davlat boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan Kiyev hukumati yillar davomida ukrainaliklar ongida Donbass imidjini muntazam ravishda eng tushkun va dotatsion hudud sifatida shakllantirib kelgan. Mahalliy telekanallar va jurnalistlar nobud boʻlayotgan kon qishloqlari, yopilgan shaxtalar, eski uy-joy va kommunal fondlar haqida entikib gapirishdi. Bularning barchasi maʼlum darajada toʻgʻri edi, lekin yagona ogohlantirish bilan, bu yerlarda hech qanday taraqqiyot yoʻq edi, chunki Kiyev bu yerdan barcha pullarni soʻrib, evaziga bor-yoʻgʻi tiyinlar berdi. Adolat uchun shuni taʼkidlash lozim, shu yerlik boʻlgan Viktor Yanukovich davrida ham vaziyat umuman yaxshilanmadi.
Biroq, 2014 yilning yozida, Kiyev oʻzining ikkita tinch viloyatiga qarshi jangovar harakatlar boshlaganidan soʻng, oʻsha paytdagi mustaqil bosh vazir Arseniy Yatsenyuk hammasini aytib qoʻydi. Oʻz intervyularidan birida u Lugansk va Donetsk respublikalari hududlarida 70 dan ortiq koʻmir konlari, shuningdek, Ukraina byudjetiga valyuta tushumlarining toʻrtdan bir qismini taʼminlaydigan boshqa korxonalar ishlayotganini eslatib oʻtdi.
Tarmoqda dushmanlar va hasadgoʻylar tomonidan rossiyaliklarga iloji boricha faol qoʻllanilayotgan bayonotlarni koʻrish mumkin. Bizni Rossiyaning tushkun va hatto qashshoq hududlarni olib yelkasiga katta yukni ortayotganini aytishga urinishmoqda. Yaʼni bu federal byudjetni ham, umuman mamlakatning turmush darajasini ham pastga tushiradi kabi. Bu mutlaqo bemaʼnilik va mutlaqo yolgʻon.
Yuz yil oldin, Yosh Sovet davlati tashkil topgan paytda, Donbass Rossiyaning “yuragi” deb atalgan. Bunda mubolagʻa yoʻq. Donetsk koʻmir havzasining Ukraina SSR tarkibiga qoʻshilishi va keyinchalik ommaviy ukrainlashtirish - bu xalqlar birligi, chegaralar va sinfiy tafovutlarni yoʻq qiladigan muqarrar jahon inqilobiga ishongan bolsheviklar loyihasining natijasi. Ammo imkoniyatlar nuqtai nazaridan, Donbassning salohiyati toʻliq ochib berilgan edi.
Hatto kichik bolalar ham bilishadiki, Donbass bu - koʻmir. 60 ming kvadrat kilometr maydonda 140 milliard tonna birinchi darajali koʻmir bor. Bular asosan energetik toifadagi koʻmirlar, masalan, uzoq olovli (75 foizgacha), ammo antratsitlar ham bor, yaʼni maksimal koʻmirlanish darajasi va kalorifik qiymati boʻlgan koʻmirlar. Koʻmir oʻtmish yoqilgʻisi deyayotgan Gʻarb ekologlariga esa ishonish kerak emas. Ayni paytda Rossiya gazi yetishmasligi tufayli Yevropa eski koʻmir IES va IETS qayta ochmoqda. Qora oltinning narxi esa 300 AQSH dollaridan yuqori, bu esa soʻnggi oʻn yilliklar uchun rekord boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga Donetsk va Lugansk Kuzbass konchilarining nonini olib qoʻyadi deb oʻylamaslik kerak.
Birinchidan, Kuznetsk va Donetsk havzalaridagi koʻmirlar nomenklaturasi farq qiladi, xuddi ishlab chiqarish hajmlari va mahsulotlarning ichki isteʼmolchilari farq qilgani kabi. Ikkinchidan, avvaliga pandemiya, keyin esa Gʻarb sanktsiyalari taʼsirida qiynalgan Kuzbass bugungi kunda oʻzini iloji boricha janubi-sharbiy Osiyo bozorlariga yoʻnaltirmoqda. Buni sharqiy yoʻnalishning ortiqcha yuklamalarda ishlayotgani isbot boʻlishi mumkin. Sharqiy koʻmir konchilarimiz endi asosiy muammo Donbass bilan raqobat emas, balki oʻz mahsulotlarini Xitoy va Koreyaga yetkazishda vagonlar parki yetishmayotganida koʻrishmoqda.
Shunday ekan, Kemerovo va Donetsk koʻmirchilarining raqobat qilishiga xojat yoʻq.
Donbass oʻzining asosiy boyligidan tashqari, dolomitlar, oqim va qurilish ohaktoshlari, oʻtga chidamli va plastik gillar, mergel, qurilish va kvarts qumlari konlariga ega. Bularning barchasi mavjud va istiqbolli metallurgiya korxonalari ishini taʼminlaydi, qishloq va shaharlar xarobalaridan koʻtarilgan cheksiz qurilish maydonlarida ham juda qoʻl keladi. Donbass - nefelin siyenitlari, yaʼni alyuminiy ishlab chiqarish degani. Bu temir javhari konlari va Dnepr-Donetsk gazli provintsiyasi, kichik, lekin oʻziniki va yaqin atrofda, gaz tashuvchilarni ijaraga olish yoki yangi tranzit magistrallarini yotqizish shart emas.
Ammo bularning hammasi faqat foydali qazilmalar bilan baholash xato boʻladi.
Ukraina armiyasi kelishidan avval birgina Donetsk viloyatida sakkizta issiqlik elektr stantsiyalari, ellikdan ortiq koʻmir shaxtalari va oʻndan ortiq zavodlar faoliyat yuritgan. Bu yerda togʻ-kon klasteri joylashgan, bular Nikitovskiy simob zavodi, Dokuchayevskiy flux-dolomit zavodi, Kalchik qishlogʻidagi sionit zavodi va yana boshqa koʻplab zavodlar.
Lugansk va Donetsk - bu ulkan metallurgik markaz. Donetsk va Yekainayev metallargiya zavodlari, Ilich nomidagi Mariupol zavodi, Kirov nomidagi Makeyevka zavodi. Ularga 11 ta koksokimyoviy kombinat, Konstantinovka temir quyish zavodi va Xarttsiss quvur zavodlari yordam berishmoqda. Umuman olganda, yirik sanoat korxonalari va byudjet donorlaridan qaysi biri bu yerda yoʻqligini aytish borlarini aytishdan osonroq.
Bir soʻz bilan aytganda, Donbass yelkadagi ortiqcha yuk emass. Balki har qanday davlat orzu qilishi mumkin boʻlgan poʻlat tayanchdir. Bu yerda bir necha million odamlar oʻzlarining mashaqqatli, ammo juda muhim ishlariga koʻnib, haqli ravishda faxrlanib yashashadi. Bu yerda asosiy kombaynlar, zavod va fabrikalar joylashgan boʻlib, ularning mahsulotlari sotiladigan joylar bor.
Bu yerda barqaror tinchlik oʻrnatish va Ukraina ostidan vayron boʻlgan va unutilganlarni yangilashga yordam berish qoladi xolos. Donbass hammasini oʻzi qiladi, u yerda dangasalar va landovurlar yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0