Yevropada epidemiologik vaziyat murakkablashmoqda - JSST

© Sputnik / Aleksey VitviskiyZdanie shtab-kvartiri Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.
Zdanie shtab-kvartiri Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
Maymun chechagi va koronovirus bilan kasallanganlar soni oshmoqda.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Maymun chechagi virusidan eng ko‘p Yevropa aholisi aziyat chekmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Hozirgacha Yevropa ro‘yxatga olingan bemorlar soni dunyo bo‘yicha tasdiqlangan jami ko‘rsatkichning qariyb 90 foiziga teng. Xususan, mazkur xavfli infeksiya qit’aning 31 mamlakatida qayd etilgan.
Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge hukumatlarni kasallikka qarshi o‘zaro sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.
JSST vakilining ta’kidlashicha, shu kunga qadar maymun chechagidan Yevropada o‘lim holatlari kuzatilgani yo‘q. Ammo bu xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi.
Chunki toshma, isitma, charchoq, bosh, tomoq va mushaklar og‘rig‘i, qusish, diareya kabi belgilar bilan namoyon bo‘layotgan mazkur xastalik geografiyasi kun sayin kengayib borapti.
Bundan tashqari, Yevropada keyingi bir oy ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari ham uch barobar oshgan.
“Ayni paytda “ko‘hna qit’a”ning 53 davlatida kuniga 500 ming nafarga yaqin kishida COVID-19 aniqlanmoqda. Shu bilan birga, o‘lim ko‘rsatkichlari ham 2020-yil yoz mavsumi darajasiga yaqinlashdi: kuniga qariyb 500 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumapti”, deyiladi xabarda.
JSST xulosasiga ko‘ra, aholi o‘z vaqtida, to‘liq bosqichda emlanishi, qolaversa, jamoat joylarida niqob taqib yurishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, maymun chechagi ellikka yaqin mamlakatga tarqalib ulgurdi. Iyun oyida Ispaniya 700ga yaqin ko‘rsatkich bilan eng ko‘p maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylangandi.
Yangiliklar lentasi
0