Havo harorati anchagina pasaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoroka nashla tenechok za derevom
Soroka nashla tenechok za derevom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha harorat +37 darajaga ko‘tariladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +32-37 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +35-37 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +23-28 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0