https://oz.sputniknews-uz.com/20220704/konstitutsiyaviy-qonun-loyihasi-muhokamasi-yana-10-kunga-uzaytirildi-25876306.html
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi
Qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirdi. 04.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-04T10:58+0500
2022-07-04T10:58+0500
2022-07-04T10:58+0500
jamiyat
konstitutsiya
konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/11/25395819_0:243:2775:1804_1920x0_80_0_0_43ae2b30e8399cd5f798abe8a9b942dd.jpg
TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi muddati 15 iyulga qadar uzaytirildi.Deputat Jahongir Shirinov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida qonun loyihasining umumxalq muhokamasini yana 10 kunga uzaytirishni taklif etdi.Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.Bugungi kunga qadar aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Umumxalq muhokamaning dastlabki kunlarida qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.Yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlar qonun loyihasi muddatini uzaytirish taklifini bir ovozdan maqullashdi.Eslatib oʻtamiz, hujjat loyihasiga takliflarni qabul qilish 25 iyunda boshlandi va umumxalq muhokama muddati 5 iyul kuni yakunlanishi kerak edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/11/25395819_23:0:2752:2047_1920x0_80_0_0_dbc68a50d20a4484f4a34440204e07f8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi
konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi
Qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirdi.
TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi muddati 15 iyulga qadar uzaytirildi.
Deputat Jahongir Shirinov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida qonun loyihasining umumxalq muhokamasini yana 10 kunga uzaytirishni taklif etdi.
Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Bugungi kunga qadar aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Umumxalq muhokamaning dastlabki kunlarida qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.
Yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlar qonun loyihasi muddatini uzaytirish taklifini bir ovozdan maqullashdi.
Eslatib oʻtamiz, hujjat loyihasiga takliflarni qabul qilish 25 iyunda boshlandi va umumxalq muhokama muddati 5 iyul kuni yakunlanishi kerak edi.