Jamiyat

Men hayotimni qoʻyganman bu masalaga – Mirziyoyev qoraqalpoq elini asrashni soʻradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vыstupil s zayavleniyem po situatsii v Karakalpakstane
Shavkat Mirziyoyev vыstupil s zayavleniyem po situatsii v Karakalpakstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir soʻm topsam, 60 tiyinini oldin Qoraqalpogʻistonga beryapman, dedi Mirziyoyev.
TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Kecha Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Vazirlar Kengashi rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning tinchligi va barqarorligiga hayotini qoʻyganini aytdi.
“Men har safar gʻurur bilan aytaman, men ham Oʻzbekiston, ham Qoraqalpogʻiston farzandiman deb. Yuragimdan aytaman buni doim. Hayotimni qoʻyganman bu masalaga. Bir soʻm topsam, 60 tiyinini oldin Qoraqalpogʻistonga beryapman. Qoraqalpoq elim, yoshlarimga”, dedi davlat rahbari.
Mrziyoyev deputatlar va faollardan xalq tinchligi hamda osoyishtaligini saqlashga hissa qoʻshishlarini, yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashlarini soʻradi.
“Har bittalaringni eshitmoqchiman. Bu qadrdon vatanimizni, shuncha qilgan mehnatimizni oʻzimiz saqlamasak, boshqa hech kim saqlab bermaydi. Sizlardan iltimosim shuki, bu dargohni, qoraqalpoq elini asrashlaring kerak. Bu yerda yashashlaring kerak, odamlarga tushuntirishlaring kerak hamma narsani. Yoshlarni yoʻlga solish kerak. Shuning hammasini joy joyiga qoʻyish uchun keldim. Meni bugun Qoraqalpogʻistonga koʻnglim olib keldi, mehrim olib keldi, yuragim olib keldi. Men qanday tinch oʻtira olaman?
Men baribir, qanday ogʻir boʻlmasin, qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini taʼminlayman. Shuni hamma bilishi kerak. Menga tinchlik kerak. Bir narsani bilinglar - davlatning kuchiyam bor, qudratiyam bor, imkoniyatiyam bor", dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0