“Nukus” aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida cheklanadi

© unsplash/Sardorbek UsmonovAeroport Tashkenta
Aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
4 iyul kuni bekor qilingan reyslarning barcha yo‘lovchilari Toshkent – Nukus–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY011/HY012 reyslari orqali yetkaziladi.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. “Nukus” aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik soat 21:00 dan 07:00 gacha cheklanadi. Bu haqda “Uzbekistan airports” ma’lum qildi.
Bunday cheklov Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishi va prezident qarori ijrosini taminlash maqsadida joriy etildi.
Aytilishicha, 3-iyul kuni “Uzbekistan Airways”ning Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY017/HY018 reyslari bekor qilindi.
4 iyul kuni bekor qilingan reyslarning barcha yo‘lovchilari Toshkent – Nukus–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY011/HY012 reyslari orqali yetkaziladi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya yo‘lovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2-avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi.
Yangiliklar lentasi
0