O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavotlar eksportini oshirdi

© Rosselxoznadzor po Novosibirskoy oblasti RFZararlangan meva mahsulotlari
Zararlangan meva mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya bozoriga O‘zbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish sezilarli darajada oshdi.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Rosselxoznadzorning Sverdlovsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Svetlana Terexova ma’lum qilishicha,
O‘zbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish ulushi qariyb uch barobar oshdi. Bu haqda Kommersant xabar berdi.
"Hamkor mamlakatlarimizning ulushi sezilarli darajada o‘sdi. Masalan, O‘zbekiston deyarli uch barobar, Turkmaniston deyarli ikki barobar. Ozarbayjondan Sverdlovsk viloyatiga tarvuz yetkazib berish ulushi esa 10 barobar oshdi", deydi Terexova.
Tailand, Efiopiya, Isroil va Vetnamning ekzotik mevalari eng yaqin hamkor mamlakatlar tovarlari o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Armaniston o‘z meva-sabzavotlarini mintaqaga eksport qilmoqda.
O‘zbekiston behi, o‘rik, uzum, tarvuz va boshqa ko‘plab mahsulotlar yetkazib bermoqda.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov eksport va importni qayta yo‘naltirish, yangi yetkazib beruvchilarni topish, yangi logistika va ishlab chiqarish zanjirlarini barpo etishda O‘zbekistonga alohida o‘rin berilayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonning yetakchi mintaqaviy hamkori bo‘lib qolmoqda. Rossiyaning 84 ta subyekti respublika korxonalari bilan hamkorlik olib bormoqda.
Joriy yilning dastlabki besh oyida Rossiya O‘zbekistondan 118 ming tonna sabzavot va meva sotib oldi. 2022-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 33,8 foizga o‘sib, 3,243 milliard dollarni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0