Rossiya

Peskov: Qoraqalpogʻistondagi voqealar - Oʻzbekistonning ichki ishi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan voqealarga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan voqealarga munosabat bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning aytishicha, boʻlib oʻtgan voqealar Oʻzbekistonning ichki ishi hisoblanadi.

"Oʻzbekiston bizga doʻst davlat, ittifoqchimiz va muhim hamkorimiz, u yerda sodir boʻlayotgan voqealar mamlakatning ichki ishidir. Respublika rahbariyatining faol harakati sabab vaziyat iziga tushishiga shubha qilmaymiz", dedi Peskov RIA Novosti.

Bundan oldin agentlik Nukusdagi voqealar boʻyicha munosabat olish maqsadida Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga ham bogʻlangan. Rossiya TIV vakilining aytishicha, Oʻzbekiston rahbariyati vaziyatni iziga tushirish uchun aql va oʻz xalqiga hurmat bilan harakat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0