Jamiyat

Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklarning tafsilotlari: Bosh prokuratura axboroti

© GenprokuraturaZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir guruh shaxslarga Jinoyat kodeksining 159 - moddasi 4 - qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar shaxsga, jumladan, 38 huquq-tartibot organlari xodimlariga turli tan jarohatlari yetkazilgan, ogʻir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boʻlim prokurori Abror Mamatov tomonidan maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 1 iyul kuni Nukus shahrida bir guruh shaxslar soxta shiorlarni oʻziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning fikrini chalgʻitib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqardi.
Qonun ustuvorligi va jazo muqararligini taʼminlash uchun mazkur holat yuzasidan 2 iyul kuni Jinoyat kodeksining 159 - moddasi 4 - qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov hamda tezkor - qidiruv tadbirlari Bosh prokuratura rahbarligida tuzilgan DXX, Bosh prokuratura, IIV, Milliy Gvardiya masʼul xodimlaridan iborat tergov - tezkor guruhi tomonidan olib borilmoqda.
Tezkor - tergov guruhi faoliyati hamda tergov, tezkor - qidiruv tadbirlari idoralararo tuzilgan alohida Shtab tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.
Tergovda aniqlanishicha, 2022 yil 1 iyul kuni soat 14-50 larda "Yel xыzmetinde” gazetasi muharriri va bloger Dauletmurat Tajimuratov "Telegram” ijtimoiy tarmogʻining "Makan.uz” kanali orqali videomurojaat yoʻllab, videomurojaatida fuqarolarni joriy yilning 5 iyul kuni soat 17-00 da "Qoraqalpogʻiston Respublikasining ozodligini soʻrab” Joʻqorgʻi Kenges binosi oldida miting oʻtkazishga daʼvat qilgan.
Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali qonunga xilof ravishda miting uyushtirishga fuqarolarni daʼvat qilganligi uchun 2022 yil 1 iyul kuni soat 15-30 larda D.Tajimuratov Nukus shahar IIO FMBga olib kelingan va ushlangan.
Bloger D.Tajimuratovning IIB xodimlari tomonidan ushlaganligini bilgan bir guruh shaxslar tartibsizliklar uyushtirib, uni ozod qilishni talab qilib Nukus shahridagi IIVga qarashli 2-sonli tergov hibsxonasiga va Nukus shahar IIO FMBga borishgan va keyinchalik 1 iyul kuni soat 17-30 larda Nukus shahri markazidagi "Markaziy dehqon bozori” MCHJ oldidagi avtomobil yoʻlida tartibsizliklar uyushtirishgan.
Shundan keyin D.Tajimuratov Nukus shahar IIO va FMBdan ozod qilinib, chiqarib yuborilgan boʻlsa-da, D.Tajimuratov va uning tarafdorlari tartibsizliklarni yana davom ettirib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlariga faol qarshilik koʻrsatib, amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga va hokimiyatni bosib olishga ochiqdan - ochiq daʼvat qilishgan.
Shundan soʻng, 2 iyul kuni soat 14:45 da Nukus tumanidan taxminan 300 nafar shaxs Nukus shahar tomon harakatlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, Nukus shahridagi blok postda xizmat olib borayotgan 50 nafar Milliy Gvardiya xodimining maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, shumovaya granata, щit) qoʻlga kiritgan.
Shu kuni Xoʻjayli tumanidagi harbiy postga nomaʼlum shaxslar tomonidan xujum uyushtirilib, qurol yaroq tortib olingan, “Nukus xalqaro aeroporti”ga, Nukus shahridagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanuvchi Reabilitatsiya markaziga Nukus shahar IIB binosiga hujumlar uyushtirilgan.
Ommaviy tartibsizliklar davomida Nukus shahridagi "Las Vegas" kafesi yonida davlat raqami 40 L 340 QA boʻlgan MAN rusumli yuk transport vositasi, "Eski shahar"dagi markaziy masjid oldida davlat raqami 01 267 UFA boʻlgan "KamAZ" rusumli yuk transport vositasi, Shumanay tumanidagi "Ismoilov Jabbor-bergen" fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan vagon yoqib yuborilgan.
Nukus shahar Sport kompleksi yonidagi "Doʻstlik" kanali koʻprigiga, Nukus shahridagi koʻplab bino-inshootlar va yoʻl toʻsiqlariga ham koʻplab talofotlar yetkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0