Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy vizit prezidenta RF V. Putina v Tadjikistan. Den vtoroy
Ofitsialnыy vizit prezidenta RF V. Putina v Tadjikistan. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini koʻrib chiqdilar.
Suhbat avvalida Tojikiston prezidenti davlat rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi.
Doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Savdo, transport va sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Toshkent va Dushanbe shaharlari oʻrtasida yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgani, Zarafshon daryosida Yavan GESi qurilishi loyihasi boʻyicha amaliy ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0