https://oz.sputniknews-uz.com/20220705/aholi-ratsionida-yod-tanqisligi-bor--nurmat-atabekov-25922140.html
Aholi ratsionida yod tanqisligi bor – Nurmat Atabekov
Aholi ratsionida yod tanqisligi bor – Nurmat Atabekov
JSSTga koʻra, yodtanqisligi aqliy zaiflikningengkeng tarqalgan sababi boʻlib, faqat oqilona yondashish orqali uning oldini olish mumkin. 05.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-05T17:19+0500
2022-07-05T17:19+0500
2022-07-05T17:19+0500
jamiyat
sogʻliq
foydali
shifokor
jsst
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/08/12/20126959_0:104:1280:825_1920x0_80_0_0_f34ef413f7b2b418fea4ed3afbf72123.jpg
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonning barcha hududida yod tanqisligi bilan bogʻliq kasalliklarga chalinish mumkin — aholi ratsionida yod tanqisligi mavjud. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.Aslida yodga boʻlgan kunlik ehtiyoj miqdoriHomiladorlikva laktatsiya davrida yodga boʻlgan ehtiyoj kuniga 200-300 mkg gacha ortadi, chunki ona organizmi yodni homilayoki emizikli bola bilan boʻlishadi. Tanadagi yodni moʻʼtadil kamayishi bolaning miyasi rivojlanishining buzilishi, yod tanqisligi bilan bogʻliq ogʻir klinik kasalliklar - endemik buqoq va kretinizm, aqliy zaiflik, perinatalva chaqaloqlar oʻliminingkoʻpayishi kabilar kuzatilishi mumkin.Yod tanqisligini bartaraf etishning eng ommaviy yoʻllaridan biri - osh tuzini majburiy yodlashtirib sotuvga chiqarishdir. Ushbu uslubdan dunyoning 96ta mamlkatida foydalaniladi. Oʻzbekistonda ham bu borada 2007 yilda va 2022 yillarda maxsus qonunlar qabul qilingan. Ularning ijrosi Sanepidxizmat tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 102 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarishva qadoqlash korxona va tsexlar bor. Yodlanganlik darajasi belgilangan meʼyorlarga javob bermagan holatlarda ularniqaytayodlash uchun xududiy sanepidxizmatlarining taqiqlash toʻgʻrisidagi qaroribilan ularning realizatsiyasi toʻxtatiladi.Yod tanqisligi tugʻma gipotireoz bilan kasallanish darajasini oshiradi, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishiga, aqliy zaiflikka olib keladi.Ammo unutmaslik kerakki, yod tanqisligimavjudboʻlganhududlarda yashovchi barchaaholining intellektualsalohiyati pasayishibumuqarrar xisoblanadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/08/12/20126959_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d49e579469affe15b39241fcf3253827.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sogʻliq, foydali, shifokor, jsst
Aholi ratsionida yod tanqisligi bor – Nurmat Atabekov
JSSTga koʻra, yodtanqisligi aqliy zaiflikningengkeng tarqalgan sababi boʻlib, faqat oqilona yondashish orqali uning oldini olish mumkin.
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonning barcha hududida yod tanqisligi bilan bogʻliq kasalliklarga chalinish mumkin — aholi ratsionida yod tanqisligi mavjud. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov
maʼlum qildi.
Akademik, YA.X.Toʻraqulov nomidagi EndokrinologiyaRIIATM tomonidan respublikaning barcha hududlaridaolib borilgan tadqiqotlargakoʻra, fuqarolar tomonidankunlik oʻrtacha yod isteʼmoli sezilarli darajada kamaygan boʻlib, bor-yoʻgʻi 32-64 mkg ni tashkil etadi. Zarur boʻlgan minimal miqdoriesa – 150-200 mkg ga tengdir.
Aslida yodga boʻlgan kunlik ehtiyoj miqdori
chaqaloqlarda kuniga 50 mkg
1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlganlarda 90 mkg
7 yoshdan 10 yoshgacha boʻlganlarda 120 mkg
oʻsmirlar va kattalarda 150 mkg ni tashkil qiladi
Homiladorlikva laktatsiya davrida yodga boʻlgan ehtiyoj kuniga 200-300 mkg gacha ortadi, chunki ona organizmi yodni homilayoki emizikli bola bilan boʻlishadi.
Tanadagi yodni moʻʼtadil kamayishi bolaning miyasi rivojlanishining buzilishi, yod tanqisligi bilan bogʻliq ogʻir klinik kasalliklar - endemik buqoq va kretinizm, aqliy zaiflik, perinatalva chaqaloqlar oʻliminingkoʻpayishi kabilar kuzatilishi mumkin.
Yod tanqisligini bartaraf etishning eng ommaviy yoʻllaridan biri - osh tuzini majburiy yodlashtirib sotuvga chiqarishdir. Ushbu uslubdan dunyoning 96ta mamlkatida foydalaniladi.
Oʻzbekistonda ham bu borada 2007 yilda va 2022 yillarda maxsus qonunlar qabul qilingan. Ularning ijrosi Sanepidxizmat tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 102 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarishva qadoqlash korxona va tsexlar bor. Yodlanganlik darajasi belgilangan meʼyorlarga javob bermagan holatlarda ularniqaytayodlash uchun xududiy sanepidxizmatlarining taqiqlash toʻgʻrisidagi qaroribilan ularning realizatsiyasi toʻxtatiladi.
Yod tanqisligi tugʻma gipotireoz bilan kasallanish darajasini oshiradi, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishiga, aqliy zaiflikka olib keladi.
Ammo unutmaslik kerakki, yod tanqisligimavjudboʻlganhududlarda yashovchi barchaaholining intellektualsalohiyati pasayishibumuqarrar xisoblanadi.