Iqtisod

Yevropada gaz narxi rekord darajaga koʻtarildi

© Sputnik / StringerVentil na obʼyekte vыsokogornoy gazokompressornoy stantsii "Volovets" v Zakarpatskoy oblasti.
Ventil na obʼyekte vыsokogornoy gazokompressornoy stantsii Volovets v Zakarpatskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropada gaz narxi har ming kub metr uchun 1800 dollardan oshdi.
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Yevropada gaz narxi har ming kub metr uchun 1800 dollardan oshdi, bu mart oyidan beri birinchi marta rekord darajadagi oʻsishdir. Buni London ICE fond birjasi maʼlumotlari tasdiqlaydi, deya xabar berdi RIA Novosti.
4 iyul, dushanba kungi savdolar chogʻida Niderlandiyadagi TTF markazida avgust fyuchers shartnomasi ming kub metr uchun 1804,3 dollargacha koʻtarilgan. Umuman olganda, kun davomida oʻsish 13 foizni tashkil etgan.
Mart oyi boshida gaz narxi Rossiya energetika resurslari importiga taqiq qoʻyilishi qoʻrquvi tufayli toʻrt kun ketma-ket tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. Rekord 7 mart kuni oʻrnatildi – 3892 dollar, oʻsha kundagi taxminiy narx ming kub metr uchun 2560,7 dollarni tashkil etdi.
Ammo keyin kotirovkalar barqaror pasayish bosqichiga oʻtdi va 6 iyun kuni uch oy ichida birinchi marta 900 dollardan pastga tushdi, ikki kundan keyin esa fevral oxiridan beri eng past darajaga yetdi - 878,5 dollar.
Iyun oyining oʻrtalarida Rossiyadan yetkazib berishning umumiy pasayishi fonida gaz narxi yana koʻtarila boshladi. Endilikda, RIA Novosti bilan suhbatlashgan tahlilchilarga koʻra, Yevropa gaz bozorida kuchli pasayish uchun hech qanday shart-sharoit yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0