Siyosat

Mirziyoyev va Erdogʻan telefon orqali muloqot qildi

© Pool Photo via APPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan v Ankare
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Yetakchilar shu yili mart oyida Toshkent shahrida oʻtgan Strategik sheriklik kengashining ikkinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.
Turkiya prezidenti davlat rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatladi.
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Savdo, transport, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.
Yangiliklar lentasi
0