Jamiyat

Musulmonlar idorasi Hayit namozi oʻqilmasligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiPrazdnovaniye Ramadan hayit v Uzbekistane
Prazdnovaniye Ramadan hayit v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda "Qurbon Hayiti namozi oʻqilmaydigan boʻldi" mazmunidagi xabarlar "asossiz va haqiqatga mos kelmasligini" maʼlum qildi.
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qurbon hayiti namozi oʻqilmasligi, bu borada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi eʼlon qilingani haqida xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu haqda idora Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Aslida bundan bir yil avval pandemiya davrida – 2021 yil iyul oyida eʼlon qilingan maʼlumot qayta, yaʼni takroran tarqatilmoqda. Joriy yilda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi bunday fatvo chiqarmagan.
“Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish koʻrsatkichlarida oʻzgarishlar boʻlayotgan boʻlsa-da, lekin ommaviy tadbirlarni cheklash yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining qarori eʼlon qilingani yoʻq”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, 2022 yil 1 iyul kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorda joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror inobatga olingan.
“Qarorga muvofiq, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qurbon hayiti xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi. Qurbon hayiti namozini oʻqish yuzasidan biror oʻzgarish boʻladigan boʻlsa, rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishini bildiramiz. Moʻmin-musulmonlardan asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan bunday xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi aholi orasida asossiz va yolgʻon xabar tarqatish Islom dini koʻrsatmasiga koʻra, katta gunoh, qonunchilikda esa javobgarlikka omil ekanini eslatib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0