Afg‘oniston tarafdan O‘zbekiston chegara hududiga 5 ta snarad kelib tushdi – TIV

© AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston chegara hududiga taxminan Afg‘oniston tarafdan 5 ta snarad kelib tushdi – TIV
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 5-iyul, soat 16:20 atrofida O‘zbekiston chegara hududiga taxminan Afg‘oniston tarafdan 5 ta snarad kelib tushdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
"Snaradlar tushganida portlashlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud bo‘lmagan va vayronagarchiliklar yuz bermagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan 4 ta uy-joyga uncha yirik bo‘lmagan ziyon yetgan, beshinchi snarad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaradlar saporlik boʻlinmalari tomonidan zararsizlantirilgan", - deyilgan bayonotda.
Hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tarafi bilan birgalikda mazkur hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Yangiliklar lentasi
0