Jamiyat

Oʻzbekistonda ekotizimni tiklash uchun $ 6 mln ajratiladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2030 yilga qadar degradatsiyaga uchragan yerlar va yoʻqotilgan oʻrmonlarning 0,5 million gektarini tiklash ishlari olib boriladi.
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Davlat ekologiya qoʻmitasi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) oʻrtasida 5,99 mln dollarga teng kelishuv imzolandi.
Kelishuvga koʻra, “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining, yerdan foydalanish va qayta tiklashning taʼsiri dasturi” amalga oshiriladi.
Qoʻshma loyihaning asosiy maqsadi degradatsiyaga uchragan ekotizimlar va uning xizmatlarini tiklashga koʻmaklashish, don yetishtirishga asoslangan ekin maydonlariga ilgʻor innovatsion tajribalarini olib kirish va bioxilmaxillikni muhofaza qilishdan iboratdir.
Qoʻshma loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
Tabiatni asrash va tiklash boʻyicha bioxilmaxillik va yoʻqolib ketayotgan turlarning yashash joylarini tiklash va ekotizim xizmatlarini asrab qolish;
Bioxilmaxillikni saqlash, tanazzulga uchragan yerlar, yuqori tabiiy qiymatga ega ekotizimlarni tiklash boʻyicha davlat va boshqa manfaatdor tomonlarning bilim hamda koʻnikmalarini oshirish, shuningdek resurslarni jalb qilish;
Ekotizimlarni saqlash va tiklashda integratsion yer boshqaruvi modellarini ishlab chiqish va bunda hosilning quruqlik, issiqlik, yer eroziyasi, tuzlanishga chidamliligini oshirish;
Global ahamiyatga ega ekotizimlarni iqlim oʻzgarishining taʼsirini kamaytirish va saqlab qolish.
Qayd etilishicha, taklif etilayotgan moliyaviy vositalar 2030 yilga qadar degradatsiyaga uchragan yerlar va yoʻqotilgan oʻrmonlarning 0,5 million gektarini tiklashga qaratilgan.
Qolaversa, choʻllanish va qurgʻoqchilik taʼsiriga uchragan sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini oshirish, Orol dengizining qurishi bilan bogʻliq muammolarni yumshatish ham nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0