Jamiyat

Paxta maydonlari uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibi belgilandi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishSbor urojaya xlopka
Sbor urojaya xlopka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Paxta maydonlari uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibi belgilandi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Hukumat qarori bilan Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnik tadbirlar uchun 13 ta tumandagi yerdan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 mln. soʻm subsidiya beriladi.
Yerdan foydalanuvchilar qishloq xoʻjaligi boʻlinmasiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya oluvchilar roʻyxatiga kiritish uchun 2022 yil 25 iyulgacha ariza bilan murojaat qiladi.
Qishloq xoʻjaligi boʻlinmasi arizalarga asosan 2022 yil 1 avgustgacha yerdan foydalanuvchilarning nomi, manzili, paxta maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan roʻyxatni viloyat hokimliklariga taqdim etadi.
Hokimliklar 2022 yil 5 avgustgacha yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Qishloq xoʻjaligi boʻlinmasi 2022 yil 10 avgustgacha yerdan foydalanuvchilarni ularning roʻyxatga kiritilganligi yoki roʻyxatga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Roʻyxatga kiritilgan yerdan foydalanuvchi 2022 yil 5 sentyabrgacha “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish boʻyicha ariza bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga murojaat qiladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi roʻyxatni umumlashtiradi va ularni 2022 yil 20 sentyabrgacha Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi roʻyxatga muvofiq subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2022 yil 1 oktyabrgacha quyidagi taqsimotga koʻra tashkilotlarning hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi:
60 foizini – yerdan foydalanuvchilarga;
6 foizini – Paxta selektsiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga;
4 foizini – Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga.
Davlat statistika qoʻmitasi 2023 yil 25 noyabrgacha yerdan foydalanuvchilarning 2023 yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda maʼlumot tayyorlaydi va Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotiga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 15 foiz yoki undan koʻp miqdorda oshganda, subsidiyaning qolgan 30 foizini 2023 yil 20 dekabrgacha yerdan foydalanuvchilarning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom 2024 yil 1 yanvargacha amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0