Pochta-kuryer xizmati endi rivojlanadimi?

© Depositphotos.com / PuhhhaDevushka poluchayet posilku
Devushka poluchayet posilku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov Sputnik muxbiri bilan suhbatda pochta aloqasi bilan bog‘liq ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov Sputnik muxbiri bilan suhbatda pochta aloqasi bilan bog‘liq ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.
“2020 yilda COVID-19 pandemiyasi oqibatlari, birinchi navbatda izolyatsiyaga bo‘lgan talablarni va o‘zaro jismoniy ta’sirlarni cheklashga, raqamli xizmatlarga bo‘lgan talablarni esa keskin ortishiga olib keldi. Natijada, “O‘zbekiston pochtasi” AJ elektron tijorat sohasida faol ishtirok etish hamda jo‘natmalarni tez fursat ichida yetkazib berish uchun bir qator ishlarni amalga oshirdi”, - deydi Ahmadov.
Jumladan, pochta almashinuvlari haftasiga 5 marotabadan 6 marotabaga o‘tkazildi.
“2021 yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p foydalanilgan jo‘natma xalqaro mayda paketlarga to‘g‘ri kelmoqda”, deydi mutaxassis.
2021 yilda “O‘zbekiston pochtasi” AJning jami kiruvchi jo‘natmalardagi ulushi 6 %ni tashkil etgan.
Bugungi kunda, butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham internet-do‘konlari orqali mahsulotlarni xarid qilishga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
“Xorijiy, shu jumladan AliExpress internet-do‘konidan xarid qilgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va xaridorlarga yetkazib berish jarayonlari jadal ketmoqda”, - deydi mutaxassis.
AliExpress internet-do‘konidan mahsulot xarid qilayotganingizda uni yetkazib berish bo‘yicha bir qator tariflar taklif etiladi, albatta xaridor o‘ziga maqbul bo‘lgan tarifni tanlaydi, yetkazib berish esa bepul.
Hozirgi kunda, jo‘natmalar Turkiya, Estoniya, Litva, Singapur, Fransiya, Belgiya, Shvetsariya, Shvetsiya, Daniya va Gollandiya davlatlaridan havo transporti orqali, Latviya, Xitoy, Estoniya, Gruziya davlatlaridan esa yer usti transporti orqali yuborilmoqda.
“AliExpress internet-do‘konidan xarid qilingan mahsulot xaridorning mulki sanaladi va u daxlsizdir. Ammo O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan va undan chiqib ketayotgan barcha xalqaro jo‘natmalar ustidan bojxona nazorati amalga oshirishini ham unutmaslik kerak”, - deydi Ahmadov.
Shuningdek, Xitoy bilan Qozog‘iston chegarasida tashkil etilgan “Xargos” logistika markazi pandemiya sababli to‘liq ishlamayotganligi yer usti transporti bilan kelayotgan jo‘natmalarning kechikib kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Xorijiy internet-do‘konlaridan xarid qilingan mahsulotlarni qisqa muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi eng muhim vazifalardan biri ekanligini inobatga olib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan qo‘shni davlatlar bilan hamda hamkor tashkilotlar bilan muzokoralar o‘tkazib, jo‘natmalarni respublika hududiga olib kelishda muqobil yo‘llarni o‘rganib chiqmoqda.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan jo‘natmalarni qabul qilish, saralash, onlayn rejimda kuzatib borish va yetkazib berish jarayonlariga axborot texnologiyalari joriy etilmoqda hamda logistika tizimlari optimallashtirilmoqda.
Bugungi kunda pochta aloqasi obyektlarini zamonaviy ko‘rinishda kapital ta’mirlash va qayta qurish hamda yagona korporativ dizayn asosida jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Pochta aloqasi obyektlarida an’anaviy pochta aloqasi xizmatlari bilan bir qatorda bank va davlat xizmatlari ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, pochta aloqasi tizimini yanada rivojlantirish maqsadida 9-iyun kuni yangi tahrirdagi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni prezident tomonidan imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0