Sardor Umurzakov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi

© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaVstrecha ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardora Umurzakova s delegatsiyey Afganistana vo glave s ispolnyayushim obazannosti ministra promishlennosti i torgovli Nuridinom Azizi.
Vstrecha ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardora Umurzakova s delegatsiyey Afganistana vo glave s ispolnyayushim obazannosti ministra promishlennosti i torgovli Nuridinom Azizi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettiradi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi o‘zbek-afg‘on hamkorligi kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi va ushbu so=alarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga oid navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.
“Ikki tomonlama savdo aylanmasini ko‘paytirish va ikki mamlakat hududlari orqali yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha birgalikda takliflarni tayyorlashga kelishildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklik salohiyatini o‘rganish maqsadida o‘zbek va afg‘on ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha birgalikda ish olib borishning istiqbollari qayd etildi.
Muloqot doirasida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish chora - tadbirlari ko‘rib chiqildi. Iyul oyining ikkinchi yarmida temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab dala tadqiqotlarini tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish va Afg‘oniston bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0