Shavkat Mirziyoyev o‘z maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSuma Chakrabarti i Sardor Umurzakov
Suma Chakrabarti i Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda 2022 — 2026-yillarda mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Prezident o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Uchrashuvda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekistonda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilish va raqamlashtirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kadrlarning yangi avlodini tayyorlash borasidagi o‘zgarishlarni yuksak baholadi.
Suma Chakrabarti bundan buyon ham yangi o‘sish nuqtalarini topish va ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Hukumatiga ko‘maklashishga bor sa’y-harakatini yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Suma Chakrabarti Hindistonda tug‘ilgan, 5 yoshida oilasi Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan. Chakrabarti Oksford universitetini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha yakunlagan. Shundan so‘ng Britaniya hukumatining iqtisodiy boshqarmasida ishlagan. 1980-yillarda Britaniya hukumati tomonidan XVJ va Jahon Bankiga ishga jo‘natilgan. 1996-yildan boshlab Britaniya G‘aznachiligida va Vazirlar Mahkamasida ishlagan. 2002-2007 yillarda Britaniya tashqi iqtisodiy rivojlanish vazirligida ishlagan. 2012-yilda Suma Chakrabarti YeTTB raisi etib saylangan va 2020-yilga qadar ushbu lavozimda ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0