Siyosat

SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedaniye RATS SHOS v Tashkente
Zasedaniye RATS SHOS v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) Ijroiya qoʻmitasi oʻz saytida Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir boʻlgan voqealar munosabati bilan bayonot eʼlon qildi.
"SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi aksilkonstitutsiyaviy koʻrinishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni qoralab, tinchlikni saqlash, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot tarafdori ekanini bildirib, joriy yil 1 iyul kuni Qoraqalpogʻistonda sodir etilgan voqealar munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qonunchilik va tartibni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, millatlararo totuvlik hamda koʻp millatli oʻzbek zaminida barcha xalqlarning tinch-totuv yashashini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashini bildiradi", - deyiladi hujjatda.
Yangiliklar lentasi
0