“Usmon Nosir sahnaga muzlatgichda chiqadi” – muallif Jovliyev yangi spektakl haqida

© Gosudarstvenniy muzikalniy teatr Uzbekistana imeni MukimiySpektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
Spektakl   istoricheskoy muzikalnoy drami Usman Nasir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida atoqli shoir, jamoat arbobi Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Usmon Nosir" nomli tarixiy musiqali drama sahnalashtirildi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida atoqli shoir, jamoat arbobi Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Usmon Nosir" nomli tarixiy musiqali drama sahnalashtirildi. Asar haqida mutaxassislar Sputnik muxbiri bilan suhbatlashishdi.

“Usmon Nosir yorqin iste’dod, fojiali taqdir egasi, uning ijodi meni doim ilhomlantirgan, hayratlantirgan. Bu pyesani ham talabalik yillarida davrida boshlaganman. O‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin qoldirgan, o‘zinig otashin va yorqin she’rlari bilan millionlab qalblarda yashaydigan shoir haqida asar yozish bizga burch masalasidir. Uni sahnada ko‘rganimda yana ham ta’sirlanib ketdim”, deydi pyesa muallifi Javlon Jovliyev.

© Gosudarstvenniy muzikalniy teatr Uzbekistana imeni MukimiJavlon Jovliyev - avtor spektaklya "Usman Nasir"
Javlon Jovliyev - avtor spektaklya Usman Nasir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Javlon Jovliyev - avtor spektaklya "Usman Nasir"
Spektakl 6-7 iyul kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida premyera qilinadi. Muallif Javlon Jovliyev, postanovkachi rejissor Doston Haqberdiyev, kompozitor Mustafo Bafoyev, postanovkachi rassom Mirjalol Xoliqov, adabiy maslahatchi akademik Naim Karimov.
Spektaklda Ravshan Ibragimov, Mehri Bekjonova, Ma’suda Otajonova, Oqila G‘ulomova, Jamolbek Valiyev kabi mahoratli aktorlar rollar ijro etishgan.

“Ijrolar menga yoqdi, ayniqsa, shoirning dardli kechinmalari, ison va hissiyotga to‘la sahnalari o‘ziga xos rakurslarda jonlandi. Usmon Nosir sahnaga muzlatgichdan chiqadi, bu jamiyat va davr shunday muzlatilganiga ishora edi”, deydi muallif.

Spektaklda Usmon Nosirning jazo bo‘lmasidagi so‘nggi kuni aks etgan bo‘lib, unda shoirning xotiralari, o‘ylari va dardlari namoyon bo‘ladi, xotiralar jonli qahramonlarga aylanib shoirni yetaklaydi, sovuq xonadan bir dam umrning eng muhim pallalariga boradi.
© Gosudarstvenniy muzikalniy teatr Uzbekistana imeni MukimiySpektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
Spektakl   istoricheskoy muzikalnoy drami Usman Nasir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Spektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
“Spektakl yaqin tarix fojialarining zamonaviy talqini bo‘la oldi. Unda davr va inson, shaxs va e’tiqod, tuzum hamda Vatan ramziy timsollarda aks etadi”, deydi Jovliyev.
© Gosudarstvenniy muzikalniy teatr Uzbekistana imeni MukimiySpektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
Spektakl   istoricheskoy muzikalnoy drami Usman Nasir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Spektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
Murakkab sahnalarga boy spektaklni yosh rejissor Doston Haqberdiyev sahnalashtirgan va o‘z qarashlarini so‘zlab berdi.
“Spektakllarim orqali milliy qahramonlarimizni hayotini ko‘rsatishni maqsad qilganman. Ular sahnada tomoshabinga, ayniqsa, bugungi kun odamlariga ma’nan ta’sir qilishiga ishonaman. Usmon Nosir hayotining o‘zi drama, biz uni sahnada zamonaviy talqinda, teatr imkoniyatlaridan kelib chiqib, bor fojialari bilan ko‘rsatishga harakat qildik!” deydi hayajon bilan rejissor.
© Gosudarstvenniy muzikalniy teatr Uzbekistana imeni MukimiySpektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
Spektakl   istoricheskoy muzikalnoy drami Usman Nasir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Spektakl istoricheskoy muzikalnoy drami "Usman Nasir"
O‘zbek teatr san’atida tarixiy asarlarning yaratilishi va uzoq yashashi xalqning madaniy boyligi, ma’naviy yuksalishi va tarxiy jarayondir. Taassufki, professional asarlar salmoqli, biroq ular yaralmoqda. “Usmon Nosir” musiqali dramasi ham mana shunday salmoqli asarlardan bo‘lib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0