Dunyoda

Yuz yoshli urush faxriysi AQSH “doʻzax tomon ketayotganini” aytib, yigʻlab yubordi

© Sputnik / Maksim BlinovGosudarstvennыy flag SSHA u amerikanskogo posolstva v Moskve.
Gosudarstvennыy flag SSHA u amerikanskogo posolstva v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amerikalik urush faxriyning soʻzlariga koʻra, bugungi fuqarolar ularning atrofini oʻrab turgan narsalarni qadrini bilmaydilar.
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Amerika askarlari Ikkinchi jahon urushida kurashgan hamma narsa yoʻq boʻlib ketdi va AQSH bugun “doʻzax tomon ketmoqda”. Bu haqda AQSH dengiz piyodalari faxriysi Karl Dekel “Fox13” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Bizda men katta boʻlganimda boʻlgan davlatimiz yoʻq, umuman yoʻq", dedi Dekel.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda amerikaliklar oʻzlarini oʻrab turgan narsalarni qadrlamaydilar.
"Endi qilgan ishlarimiz, nima uchun kurashganimiz va buning uchun qurbon boʻlgan yigitlarimiz mehnati barbod boʻlayotganidan juda xafaman. Mamlakatimiz toʻgʻridan-toʻgʻri doʻzaxga qarab ketmoqda", deb yigʻlab yubordi faxriy.
Shuningdek, u urush paytida vataniga xizmat qilish uning hayotidagi eng muhim narsa ekanligini qoʻshimcha qildi.
Bir necha hafta oldin Dekel oʻzining yuz yillik yubeleyini nishonladi, u “Kumush yulduz” medali sohibi.
Eslatib oʻtamiz, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp soʻnggi ikki yil ichida Qoʻshma Shtatlari “kulgi”ga aylanganini aytgandi. Oq uyning sobiq rahbari amaldagi yetakchi Jo Bayden va uning maʼmuriyatini Vashingtonning jahon sahnasida iqtisodiy hamda siyosiy ustunligini yoʻqotganlikda ayblab, qattiq qoralagan.
Yangiliklar lentasi
0