Jamiyat

Avtomaktablar reytingini belgilash tizimi ishga tushadi

© pexels.com/Andrea PiacquadioPristegnutыy voditel
Pristegnutыy voditel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avtomaktablar reytingi haydovchilarga berilgan jarima va ular tomonidan sodir etilgan YTHlar soniga qarab belgilanadi.
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Bundan buyon avtomaktablar reytingi uning oʻquvchilari tomonidan sodir va yoʻl-transport hodisalariga qarab belgilanadi.
Hukumatning 353-sonli qarori bilan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi taʼlim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibiga oid nizom tasdiqlandi.
Hujjatda haydovchilarni tayyorlovchi taʼlim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi belgilandi.
Unga koʻra, reyting baholash quyidagi koʻrsatkichlar asosida amalga oshiriladi:
bitiruvchilarning haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
bitiruvchilarning haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgandan keyin, yil yakunigacha yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
yil yakunigacha qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni;
taʼlim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan oliy maʼlumotga yoki ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarning soni toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Qayd etilishicha, taʼlim tashkilotlari reytingini baholash indikatorlar asosida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiriladi.
Taʼlim tashkilotlari reytingi quyidagicha toifalarga ajratiladi:
81 balldan 100 ballgacha – “yashil”;
51 balldan 80 ballgacha – “sariq”;
50 balldan past – “qizil”.
Reyting ball koʻrsatkichlari respublika boʻyicha yagona shaklda yuritiladi. Yil yakunlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi.
Reyting natijalari har yili 25 yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
Ushbu nizom 1 sentyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0