Bugun yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPiknichok i zona otdixa v odnom iz gorodskix fontanov stolisi
Piknichok i zona otdixa v odnom iz gorodskix fontanov stolisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
Respublika hududida harorat +30-35 daraja, janubida harorat +39 darajagacha bo‘ladi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat +30-35 daraja, janubda +39 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorati +33-35 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +18-23 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0