Dunyoda

OPEK bosh kotibi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGeneralnыy sekretar OPEK Moxammad Sanusi Barkindo. Arxivnoye foto
Generalnыy sekretar OPEK Moxammad Sanusi Barkindo. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
OPEKning nigeriyalik bosh kotibi Muhammad Barkindo 63 yoshi vafot etdi.
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Kecha, 6 iyul kuni Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) bosh kotibi Muhammad Barkindo vafot etdi. Bu haqda Nigeriya milliy neft korporatsiyasi (NMNK) rahbari Mele Kyari xabar berdi.
Muhammad Barkindo 63 yoshda edi.
“Biz hurmatli Muhammad Sanusi Barkindoni yoʻqotdik. U kecha, 2022 yil 5 iyul kuni taxminan soat 23:00 da vafot etdi. Albatta, bu uning yaqin oilasi, NMNK, mamlakatimiz Nigeriya, OPEK va jahon energetika hamjamiyati uchun katta yoʻqotish. Dafn marosimi tafsilotlari tez orada eʼlon qilinadi”, deb yozdi Kyari Twitter’dagi sahifasida.
Barkindoning soʻnggi shov-shuvli bayonotlaridan biri Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan neft hajmini toʻldirishga qodir quvvatlar yoʻqligi haqidagi soʻzlari edi. Uning soʻzlari Rossiyaga qarshi qator sanktsiyalar, jumladan, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar joriy etilishi fonida yangragan edi. OPEK rahbari Rossiya neft-gaz kompleksiga qarshi sanktsiyalar jahon bozori uchun katta salbiy oqibatlarga olib kelishini taʼkidlagan.
Barkindo 2016 yilning avgustidan beri OPEK bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan tashqari, u 15 yil davomida OPEK iqtisodiy komissiyasining Nigeriya aʼzosi boʻlgan va 23 yil davomida NMNKda ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0