Migratsiya

Patent, RVP va VNJ: muhim oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda

© Denis GrishkinPosetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarov
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP), muqim yashash huquqini beruvchi ruxsatnoma (VNJ) boʻyicha muhim oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilindi.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Davlat Dumasi vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP), muqim yashash huquqini beruvchi ruxsatnoma (VNJ) boʻyicha muhim oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Eng asosiysi:
🔹 DXR, LXR, Ukraina, Qozogʻiston, Moldova fuqarolari RVPsiz VNJ olishlari mumkin;
🔹 DXR, LPR, Ukraina fuqarolari RVP yoki VNJ rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha testdan ozod qilinadi;
🔹 Rossiyada akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarida bakalavriat, mutaxassislik, magistratura, ordinatura yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotganlar shu asosda RVP olishlari mumkin. RVP oʻqish davri uchun beriladi, koʻrib chiqish muddati 2 oy. Oʻqish asosida RVP olganlar yillik bildirishnomani topshirishdan ozod qilinadi;
🔹 Fuqarolar oʻqishni tugatgandan soʻng RVP olmasdan 3 yil ichida yoki agar oʻqishda davom etayotgan boʻlsa, 8 oy yashashni kutmasdan RVP olgandan soʻng darhol VNJ olish uchun ariza topshirishlari mumkin;
🔹 vizali davlatlar fuqarolari mamlakatda vaqtincha boʻlish muddatini RVP, VNJ, rus tilida soʻzlashuvchi maqomiga ega boʻlganlar (NRYA) uchun qabul qilingan hujjatlar asosida uzaytirishi mumkin;
🔹 Ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan yoki oʻqiyotgan xorijliklar voyaga etmagan bolalari uchun migratsion roʻyxatga olish muddatini uzaytirishi mumkin;
🔹 Vizasiz davlat fuqarolari IIV Migratsiya masalalari boʻyicha boʻlimiga bildirishnoma bilan murojaat qilib, Rossiyadan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun migratsiya kartasidagi “tashrif maqsadi”ni "ishlash"ga oʻzgartirishi mumkin. Tashrif maqsadini patent olish uchun ariza bergan vaqtda oʻzgartirish mumkin;
🔹 transport qatnovlariga cheklovlar qoʻyilgan taqdirda patentni roʻyxatdan oʻtkazish muddati haqidagi talab bekor qilinadi;
🔹 Patent berishni koʻrib chiqish muddati chet el fuqarosida STIR boʻlib, uni arizada koʻrsatgan boʻlsa 5 ish kunidan oshmaydi, STIRsiz koʻrib chiqish muddati - 10 ish kuni tashkil qiladi;
🔹 Tashrif maqsadini "ishlash"ga oʻzgartirgan vaqtda barmoq izlarini topshirish, suratga tushish va tibbiy koʻrikdan oʻtish kerak;
🔹 Ishga kelganlar yiliga bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;
🔹 Talabalar kasbiy taʼlim tashkilotlarida ishlashi mumkin;
🔹 RVP yoki VNJ bekor qilingan taqdirda, ular 15 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishlari kerak;
Qonun loyihasi hali Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanishi, prezident tomonidan imzolanishi va rasman eʼlon qilinishi kerak, shundan soʻng qonun 6 oy ichida kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0