Qurbon hayiti kunlarida Rossiyada xayriya dasturi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishNachalo svashennogo dlya musulman mesatsa Ramadan, arxivnoe foto
Nachalo svashennogo dlya musulman mesatsa Ramadan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
9-11 iyul kunlari nishonlanadigan Qurbon hayiti bayramidan keyin ehtiyojmandlarga qurbonlik go‘shti tarqatiladi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Bugun Rossiya poytaxti Moskvada “Kurban Kerim – 2022” Butunrossiya xayriya dasturi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ehtiyojmandlardan murojaatlarni qabul qilish uchun +7 (495) 150 16 70 ishonch telefoni ishlamoqda. Rossiya musulmonlari diniy yetakchisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin marhamati bilan “Kurban Kerim – 2022” tashkilotchisi Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi hisoblanadi.

Ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish orqali operatorlar ariza to‘ldiradi va qurbonlik go‘shtini berish sanasini belgilaydi. Hayriyalarni berish poytaxtdagi masjidlarda 9-11 iyul kunlari nishonlanadigan Qurbon hayiti bayramidan keyin boshlanadi.

Rossiyaning boshqa mintaqalarida xayriya dasturi Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi tarkibida musulmonlarning markazlashgan va mahalliy diniy tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
“Kurban Kerim – 2022” xayriya dasturi bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan 2020-yilda yolg‘iz kishilar va moddiy qiyinchilikka uchragan oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Har yili dastur doirasida butun Rossiya bo‘ylab o‘n minglab oilalarga yordam beriladi. “Kurban Kerim – 2022” xayriyachilar ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0