https://oz.sputniknews-uz.com/20220706/rossiya-gazining-muqobilini-topishga-urinishi-barbod-boldi--germaniya-oav-25936842.html
Rossiya gazining muqobilini topishga urinish barbod boʻldi – Germaniya OAV
Rossiya gazining muqobilini topishga urinish barbod boʻldi – Germaniya OAV
Buning asosiy sababi suyultirilgan gazni tashish uchun tankerlarning yoʻqligi, deb yozadi gazeta. 06.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-06T10:55+0500
2022-07-06T10:55+0500
2022-07-06T12:36+0500
iqtisod
gaz
germaniya
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0c/24502752_0:194:3073:1922_1920x0_80_0_0_6d37f60b9cfa067235bf31c36b48343a.jpg
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Germaniya vitse-kantsleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabekning Rossiya gazini LNGetkazib berish bilan almashtirish rejasi barbod boʻldi, dedi Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi deputati Torsten Frey “Bild” nashriga bergan intervyusida.Nashr eslatishicha, vazir 2023 yilning birinchi yarmida Germaniyaga dengiz orqali 13 milliard kub metr koʻk yoqilgʻi yetkazib berishni rejalashtirgan, bu esa Moskvadan sotib olingan energiya resurslarini qisman almashtiradi.Muammo Berlinda LNG tashish uchun zarur boʻlgan kemalarni topish imkoniyati yoʻqligidadir, deb tushuntirdi kema egalari ittifoqidan Martin Kreger nashrga."Germaniya savdo flotida LNG’ni uzoq masofalarga tashiydigan gaz tashuvchilar yoʻq. Umuman olganda, butun dunyo boʻylab deyarli 500 ta LNG tankerlari mavjud, biroq boshqa mintaqalarga qaraganda (Germaniyada — taxminiy tahr.) talab yuqori", - deydi ekspert.Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan soʻng Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalarni kuchaytirdi. Baʼzi davlatlar Rossiya aktivlari muzlatilishini eʼlon qildi, koʻplab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi allaqachon oltita sanktsiyalar paketini maʼqullagan, xususan, koʻmir va neftimportiga bosqichma-bosqich embargo joriy etgan.KremlGʻarbning harakatlarini boshqa hech kimga oʻxshamaydigan iqtisodiy urush deb atadi. Vladimir Putinning taʼkidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati Gʻarbning uzoq muddatli strategiyasi boʻlib, sanktsiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH va Yevropaning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0c/24502752_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_074ec509bf551467e7f5491a442051c6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
gaz, germaniya, rossiya
Rossiya gazining muqobilini topishga urinish barbod boʻldi – Germaniya OAV
10:55 06.07.2022 (yangilandi: 12:36 06.07.2022) Buning asosiy sababi suyultirilgan gazni tashish uchun tankerlarning yoʻqligi, deb yozadi gazeta.
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Germaniya vitse-kantsleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabekning Rossiya gazini LNGetkazib berish bilan almashtirish rejasi barbod boʻldi, dedi Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi deputati Torsten Frey “Bild” nashriga bergan
intervyusida. Nashr eslatishicha, vazir 2023 yilning birinchi yarmida Germaniyaga dengiz orqali 13 milliard kub metr koʻk yoqilgʻi yetkazib berishni rejalashtirgan, bu esa Moskvadan sotib olingan energiya resurslarini qisman almashtiradi.
“Vazir Xabekning LNG strategiyasi barbod boʻldi va bu qishda yaqin kelajakda kerak boʻladigan gaz miqdorini oʻrnini bosa olmaydi. Shuning uchun gaz omborini tezda toʻldirish uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, - dedi Frey.
Muammo Berlinda LNG tashish uchun zarur boʻlgan kemalarni topish imkoniyati yoʻqligidadir, deb tushuntirdi kema egalari ittifoqidan Martin Kreger nashrga.
"Germaniya savdo flotida LNG’ni uzoq masofalarga tashiydigan gaz tashuvchilar yoʻq. Umuman olganda, butun dunyo boʻylab deyarli 500 ta LNG tankerlari mavjud, biroq boshqa mintaqalarga qaraganda (Germaniyada — taxminiy tahr.) talab yuqori", - deydi ekspert.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan soʻng Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalarni kuchaytirdi. Baʼzi davlatlar Rossiya aktivlari muzlatilishini eʼlon qildi, koʻplab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi allaqachon oltita sanktsiyalar paketini maʼqullagan, xususan, koʻmir va neftimportiga bosqichma-bosqich embargo joriy etgan.
KremlGʻarbning harakatlarini boshqa hech kimga oʻxshamaydigan iqtisodiy urush deb atadi. Vladimir Putinning taʼkidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati Gʻarbning uzoq muddatli strategiyasi boʻlib, sanktsiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH va Yevropaning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.