Rossiya qurol eksportida nima sababdan aviatsiya yetakchi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRossiyskie mnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleni
Rossiyskie mnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyadaning yuqori texnologiyali qiruvchilar dunyo bozorida samaradorlik, sifat va narx borasida eng yaxshisi hisoblanadi.
TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Rossiya Mudofaa eskporti (“Rosoboroneksport”) rahbari Aleksandr Mixeyev 4-iyul kuni Rossiya qurol eksportining umumiy hajmida havo texnikalarini yetkazib berish ulushi 50% dan oshganini ma’lum qildi. Oxirgi yigirma yil ichida xorijga 700 ga yaqin Su-27/Su-30 jangovor samoletlari sotildi va 2021-yilda kompaniyaning buyurtmalar portfeli Su-30SM yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar bilan to‘ldirildi.
Xaridorlar davlat mustaqilligini himoya qilish uchun milliy havo kuchlarini mustahkamlash niyatida. Faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan dvigatellar, avionika, qurol-yarog‘lar va jangovar samoletlar yuqori baholanadi. Chunki Rossiya Federatsiyasining ta’minot ishonchliligi vaqt sinovidan o‘tgan.
“Suxoy” samolyotlari g‘arbiy samolyot eksportchilari tomonidan ko‘pincha sodir etiladigan yovuz harakatlarga qarshi (texnologik shantaj) eng yaxshi sug‘urta hisoblanadi. Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Suriya va Ukrainadagi zarbali aviatsiyasining muvaffaqiyatli harakatlari jahon bozorida Su-30SM, Su-34, Su-35 jangovar samolyotlariga talabni oshirmoqda. Har qanday harbiy to‘qnashuvda g‘alaba qozonishning asosiy omillaridan biri havo texnikalaridagi ustunlikdir.
“Suxoy”ning o‘ta ko‘p manoverliligi yaqin havo janggida ancha ustunlik beradi, dushmanning raketa hujumlarini qaytarish imkonini beradi. Kuchli boshqariladigan va boshqarilmaydigan raketa quroli va 3 mm samolet quroli jangovar ustunlikni kafolatlaydi. Bazaning avtonomligi va havoda yonilg‘i quyish imkoniyati operatsiya maydonini kengaytiradi. Rossiya qiruvchi samoletlarida amalga oshirilgan avionika va qurol komplekslarining ochiq arxitekturasi tamoyili xorijiy mijozlarga o‘z ishlab chiqarish tizimlarini (“Suxoy” Tajribaviy -konstruktorlik burosi ishtirokida) birlashtirishga imkon beradi. Baza platformalarining uzluksiz modernizatsiya qilish texnologik (jangovar) ustunlikni yo‘qotmasdan samoletlarning muhim hayotiy sikli aylanishini ta’minlaydi.
Harbiy tahdidlar ko‘payishi bilan dunyo qurol bozorida janglar ortadi. Rossiyada ishlab chiqarilgan qiruvchilarni sotib olish xorijiy operatorlar va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p yillik harbiy-texnik talabgorlikni talab qiladi. AQSh bunga iloji boricha to‘sqinlik qilishga urinmoqda. Kongressning iyun oyidagi tadqiqotida Qohiraning Rossiyada ishlab chiqarilgan ilg‘or Su-35 ko‘p maqsadli qiruvchi saoletslarini sotib olishdan bosh tortish sharti bilan Amerikada ishlab chiqarilgan F-35 qiruvchi-bombardimonchi samoletlarini Misrni sotib olishga majburlash aks ettirilgan.
Bu amerikaliklarning S-400 havo zenit raketa tizimlarining va milliy kommunikatsiya tarmog‘idagi Huawei infratuzilmasini suveren sotib olish (foydalanish) tufayli F-35 sotib olishni to‘sib qo‘yish bilan aldangan Turkiya va BAA bilan aloqalarni eslatadi. Ehtimol, turk va arablarning omadi chopgan- ularda ko‘proq erkinlik qolgan edi.
Ma’lumki, amerikalik “ko‘rinmaslar” yomon uchadi, va o‘z operatorlari orqasidan yaxshigina josuslik qiladi, maxfiy ma’lumotlarni AQShga jo‘natadi. Amerikaliklarning sheriklari va ittifoqdoshlari AQShda ishlab chiqarilgan eski qurollarni sotib olishga majbur. Chunki Vashingtonning “qoidalari shunaqa”.

“Suxoy” ustunlik

XXI asr boshida Rossiyaning Su-27, Su-30, Su-35 qiruvchi samoletlari dunyodagi eng ommabop bo‘lib, Angola, Belarus, Venesuela, Vyetnam, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Xitoy, Malayziya, Uganda havo hududini ishonchli himoya qilib kelishmoqda. Rossiya samoletlarining ajoyib jangovar qobiliyatlarining tan olinishi, dunyo bozorida talabning yuqoriligi qurish (ilmiy) maktabning strategik ustunligi va Rossiya Federatsiyasi harbiy-sanoat kompleksining yuqori samaradorligidan dalolat beradi.
4++ avlodining ko‘p manevrli Su-30SM samoleti kechayu kunduz yuqori aniqlikdagi “havo-havo” va “havo-yer” klassidagi raketa qurollaridan foydalanishga qodir, fazali antenna panjarali radiolokator, boshqariladigan tortish vektori va old gorizontal quyruq dvigatellari bilan jihozlangan. Su-30SM ning himoyasi kuchli havo elektron urush tizimi bilan dushman radar stansiyalarini bostirishga asoslangan.
Su-35 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti dunyodagi eng yaxshi taktik samolyot bo‘lib, uning havoda tengi yo‘q. Havo nishonlarining barcha sinflarini tutib olish va yo‘q qilish, havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan qoplangan dushmanning quruqlikdagi va yer usti nishonlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. 4++ avlod samolyoti ko‘p manevrli, nishonni aniqlashning faol va passiv vositalariga, yuqori tovushdan tezlikka, muhim jangovar radiusga, zamonaviy radioelektron urush tizimiga va keng assortimentdagi qurollarga (jangovar yuk – 8 tonna) ega. Su-35 qiruvchi samolyotini loyihalashda yashirin texnologiyalar joriy etilgan. Su-35 dan jangovar foydalanish samaradorligi uchuvchini intellektual qo‘llab-quvvatlashning integratsiyalashgan axborot va boshqaruv tizimi bilan ta’minlanadi.
Versiyaga ko‘ra, Amerikaning “Tomagavk” qanotli raketalarning ko‘pi 2017-yilning 7-aprel kuni Suriyada o‘z nishoniga uchib bora olmagan. Chunki Rossiyaning Su-35S yoki Su-30SM samoleti tomonidan urib tushirilgan. Bu qiruvchilarning radiolokatsion stansiyalari unchalik ko‘rinmas qanotli raketlarni ham suv va yer fonida ham yaxshi “ilg‘aydi”. Bundan tashqari, Su-35 “uchuvchi radar” vazifalarini ham bajarishga qodir.
Qiruvchi-bombardimonchi Su-34 jangovar imkoniyatlariga ko‘ra, 4+ avlodiga tegishli. U yer, dengiz va havodagi nishonlarni olovga chidamlilik sharoitida sayyoraning istalgan hududida, qurollarning keng spektridan foydalangan holda muvaffaqiyatli urib tushirishga qodir.
Ehtimol, jahon aviatsiya bozorida eng ko‘p kutilgan mahsulot- beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti bo‘lsa kerak. Samolyot xorijiy ekspertlar tomonidan eng yuqori baholarni oldi. Ommaviy ishlab chiqarish boshlangandan so‘ng, Su-57 Rossiya Havo-kosmik kuchlari safiga kiradi va undan Su-30SM va Su-35 qiruvchi samolyotlari bilan bir qatorda Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida faol foydalaniladi.
Rossiya bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli harbiy-texnik hamkorlikdan manfaatdor suveren davlatlar dunyodagi eng yaxshi “Suxoy” qiruvchi samolyotlarini sotib olishda davom etadi. “Suxoy” qiruvchilarining eng mashhur xorijiy operatorlaridan biri Hindiston. Bu mamlakat harbiy-havo kuchlarining asosini tashkil etuvchi Su-30MKI qiruvchilarini litsenziyali ishlab chiqarish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hindiston har yili Rossiyadan 5 milliard dollarlik qurol sotib oladi. Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi uzoq muddatli harbiy-texnik hamkorlik ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘ldi. AQSh ittifoqchilari va vassallarining yuqori texnologiyali jangovar aviatsiyani rivojlantirishda istiqbollari yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0